Yangi yilda qanday qilib yaqinlarmizni xursand qilishimiz mumkin?

Yangi yilda qanday qilib yaqinlarmizni xursand qilishimiz mumkin?

Yangi yilda  farzandlarimizni ko`pchiligi Qorbobo kelib sovg`a tashlab ketishiga ishonadi. Kattalar ham Yangi yildan qandaydir bir yangilik, balki mo`jiza ham kutadilar. Yangi yil bayramida deyarli hamma yaqinlariga sovg`a ulashadi. Qanday qilib bayram kuni hamyonni qiynab qo`ymasdan, yaqinlarimizni xursand qilishimiz mumkin?

Bolaga Yangi yil sovg`asining qimmatini olib berish shart emas. Bolani yoshligidan sovg`aning qimmatiga o`rgatish noto`g`ri. Bola qimmat sovg`aga emas, balki sovg`a olganiga xursand bo`lishi kerak. O`shanda bayram kuni arzimagan o`yinchoq bersangiz ham dilidan xursand bo`ladi. Bolani sovg`a bilan savdo qilib yaxshi hulqqa chaqirmang. “Agar yaxshi bola bo`lsang, senga Qorbobo yaxshi o`yinchoq olib keladi” kabi so`zlar bolani yoshligidan ayyorlikka o`rgatadi. Unda “sovg`a olguncha yaxshi bo`lib, keyin xohlagan ishimni qilish mumkin” degan noto`g`ri tushuncha paydo bo`ladi.

Agar farzandlaringiz bir nechta bo`lsa, barchasiga bir xil ko`rinishdagi sovg`alar bering. Qiymati har xil bo`lsa ham, ko`rinishi hamda xajmi bir biridan katta  farq qilmasligi zarur. Bola sovg`a narxini tushunmaydi, lekin ko`rinishiga qarab baho berishi mumkin. Agarda bir  farzandingizga kattaroq mashina berib, ikkinchisiga o`sha qiymatdagi kichkinagina kichikroq mashina sovg`a qilsangiz, “Meniki kichik”, – deb xafa bo`lishi mumkin.

Yangi yil bayrami  faqat bolalarniki emas. Shuning uchun er-xotin bir-biringizni ham xursand qilishni unutmang. Sovg`a qanday bo`lmasin, uni albatta bayramona o`ramda taqdim eting. Shuningdek bir-biringizni shirin so`zlar bilan ham tabriklashni ham unutmang.

Agar barcha yaqinlaringizga sovg`a olib berishga imkoniyatingiz bo`lmasa, o`z qo`lingiz bilan otkritka yoki biron-bir o`yinchoq yoki taqinchoq yasab taqdim etganingiz barchani xursand qiladi. Yangi yil bayrami uchun yana bir yoqimli sovg`alardan biri – bu shirinliklar. Chiroyli bayramona paketlarga solingan shokolad, mandarin va boshqa mazali eguliklar hatto kattalarni ham befarq qoldirmaydi.

Balki Yangi yil kechasi oddiy bir kundir. Lekin shu kundan boshlab Yangi yil kirib keladi, demak yangi maqsadlar qo`yiladi, yangi niyatlar, yangi rejalar qilinadi. Shunday ekan, yangi yilni xursandchilik bilan, yon-atrofdagilarga yaxshilik ulashib, shirin tilaklar qilib boshlash maqsadga muvofiqdir.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social