Yangi yilgacha qutulish kerak bo’lgan 20 narsa

Yangi yilgacha qutulish kerak bo’lgan 20 narsa

O’z maqsadlaringizga erishish va baxtli bo’lishga to’sqinlik qiladigan hamma narsadan qutulish vaqti keldi.

O’zingizga qancha majburiyatlar qo’ydingiz? Siz hissiy muammolarning yukini sezasizmi? Bahtliroq bo’lish uchun tashvish va stressni qo’yib yuborishga harakat qiling.

Tabiiyki, barchamiz qiyin hayot sharoitlariga tushamiz. Bunday paytlarda bu 20 ta narsalar ro’yxati har kun uchun nima qilish kerakligini eslatib turadi.

1. O’zingizni kuchli va qobiliyatli sezishingizga to’sqinlik qiladigan fikrlarni qo’yib yuboring.

2. O’zingiz xohlagan narsani bajarishingizga to’sqinlik qiladigan aybdorlikni hissini qo’yib yuboring.

3. Noma’lumlik oldidan bo’ladigan qo’rquvdan ozod bo’ling. Bir kichik qadam tashlang va sizning oldingizda yangi yo’l qanday ochilganini ko’rasiz.

4. Afsuslanmang. Hayotingizning muayyan nuqtasida siz uchun “Menga farqi yo’q” degan fikr kerak edi.

5. Tashvishni qo’yib yuboring. Xavotir olish – sizga kerak bo’lmagan narsalarni so’rash bilan bir xil.

6. Boshqa odamlarga qarshi ayblovlarni unuting. O’z hayotingiz uchun o’zingiz javobgarsiz. Agar biror narsani yoqtirmasangiz, sizda ikkita variant mavjud: uni qabul qiling yoki o’zgartiring.

7. O’zingizda nimadir noto’g’ri degan fikrni qo’yib yuboring. Siz bu dunyoga qanday bo’lsangiz shunday keraksiz.

8. O’z orzularingiz muhim emas degan fikrni qo’yib yuboring. Har doim yuragingiz aytganini qiling.

9. Har doim barcha majburiyatlarni o’z zimmangizga olish odatini qoldiring. Unga barcha kuchlarni sarflamang, birinchi navbatda o’zingizga g’amxo’rlik qiling. Chunki siz muhimsiz.

10. Har bir inson sizdan ko’ra baxtliroq, muvaffaqiyatliroq va yaxshiroq degan fikrdan voz keching. Siz kerak bo’lgan joydasiz. Sizning hayot yo’lingiz sizga iloji boricha ochilgan.

11. Dunyoda hamma narsa to’g’ri va noto’g’ri, qora va oq bo’laklarga bo’lingan degan fikrdan ozod bo’ling. Hayotning turli-tumanligini qadrlang va undan zavq oling.

12. O’z o’tmishingizni qo’yib yuboring. Oldinga harakat qilish va yangi hikoya aytib berish vaqti keldi.

13. Siz kerakli joyda emasman degan fikrni qo’yib yuboring. O’zingiz xohlagan joyga borish uchun siz kerakli joydasiz. Faqat qayerga borishni xohlayotganingizni o’zingizdan so’rang.

14. Siz yomon ko’rgan inson va oilaga bo’lgan g’azabingizdan voz keching. Barchamiz baxtga va muhabbatga loyiqmiz. Agar sevgi tugagan bo’lsa, u o’lgan degani emas.

15. Ko’proq qilish va kattaroq bo’lish istagini qoldiring. Bugun siz qila oladigan eng yaxshi ishni qildingiz va bu yetarlidir.

16. Oldindan bilish istagidan ozod bo’ling. Yo’lda ketayotib, hamma narsani bilib olasiz.

17. Pul bilan muammolarni qo’yib yuboring. Qarzdan qutulish uchun rejalar tuzing va moliyaviy farovonligingizga e’tibor bering.

18. Insonlarni o’zgartirish istagini qo’yib yuboring. Har kimning o’z yo’li bor. Eng yaxshi narsa siz o’zingiz ustidan ishlashingizdir va barcha e’tiboringizni atrofingizdagi kishilarga yo’naltirishni to’xtatishdir.

19. Har kimga yoqish istagidan voz keching. Siz o’zingiz noyob insonsiz.

20. O’z-o’zinga bo’lgan nafrat tuyg’usidan halos bo’ling. Siz – bu tanangiz yoki tarozdagi raqam emassiz. Kim ekanligingizni eslab turing va dunyoga siz qanday bo’lsangiz shunday muhtoj ekanini esda tuting. O’zingizni qadrlang.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social