Olingan ma’lumotlar o’sish va rivojlanishingizga kafolat bermaydi, eng muhimi, ularni qo’llash qobiliyatidir.
Imkoniyatlarni izlash kerak emas, balki ularni yaratish kerak.
Bugun biz boshlamagan narsamizni ertangi kunni nihoyasiga yetkaza olmaymiz, shuning uchun hech qachon ortga surmaslik kerak.
O’zgarishlardan qo’rqmang. Ko’p hollarda, ular zarur bo’lgan vaqtda yuz beradi.
Bizning hayotimizga 10% boshqarib bo’lmaydigan holatlar ta’sir qiladi, qolgan 90% esa bu vaziyatlarga qanday munosabatda bo’lishimizdir.
Yaxshi g’oya harakatsiz hech narsa emas.
O’z rejalaringizni amalga oshirish uchun ideal sharoitni kutsangiz, siz hech narsasiz qolishingiz mumkin.
Agar siz hozirda qilayotgan ishlaringizni davom ettirsangiz, siz hozirda olayotgan narsalarni olishda davom etasiz.
Intizom sizga kerak bo’lgan muhim narsa hisoblanadi, chunki intizom siz hozirda istagan narsadan doimo to’g’ri tanlov qilishingiz uchun kerakdir.
Yo’l qanchalik qiyin bo’lsa, oxir-oqibatda u katta muvaffaqiyatga olib boradi.
Qiyin vaqtlar abadiy davom etmaydi, lekin agar inson o’zi hamma narsani murakkablashtirsa – bu abadiydir.
Ko’plab muvaffaqiyatli insonlar, muvaffaqiyatga duch kelishidan oldin ko’plab qiyinchiliklarga duch kelishgan.
Hech kim muvaffaqiyatli bo’lib tug’ilmaydi.
Hech narsa bilmagan narsalarimiz juda ko’p.
Kamchilikka ega bo’lgan rejaga ega bo’lish, umuman rejaga ega bo’lmaslikdan ko’ra yaxshiroqdir.
Avval “Ha” deb javob berishni o’rganishingiz kerak. Bu sizning hayotingizni turli xil qiladi va maqsadni topishga yordam beradi. Buni qilganingizdan so’ng, “Yo’q” deb javob berishni o’rganing, bu maqsadga to’liq e’tibor qaratish va ortiqcha narsalardan voz kechishga kerakdir.
Hayotingizda qanday pul topayotganingizdan qat’iy nazar, siz faqat bitta kishi uchun ishlaysiz – o’zingiz uchun.
Har bir insonning kuchli tomonlari bor. Boshqa birov uchun ishlagan narsa siz uchun ishlamasligi mumkin, va aksincha.
Agar siz ilgari ko’plab yaxshi bo’lmagan narsalarni yaratmagan bo’lsangiz, hech qachon yaxshi fikr egasi bo’lmaysiz.
Band va samarali bo’lish ikki xil narsadir.
Baxtli bo’lish va muvaffaqiyatli bo’lish ikki xil narsadir.
Har bir holatda sizda tanlov mavjud.
Muvaffaqiyat – boshqalarga hukmronlik qilish degani emas, bu o’z salohiyatida hukmronlikdir.
Bu hayotda siz istagan inson bo’lishingiz uchun imkoniyatlar to’la.
Siz baxtli bo’lishingiz uchun barcha huquqlarga egasiz. Bu huquqdan foydalanasizmi yoki yo’qmi, bu faqat sizga bog’liq.
Hech qanday supermen, yoki omadsiz yo’q. Hayotda har bir inson past va balandliklarga ega.
Sizning shaxsiy yutug’ingiz nafaqat hayotingizni, balki atrofingizdagi odamlarning hayotiga ham ijobiy ta’sir qilishi kerak, aks holda u to’liq bo’lmaydi.
Har qanday ahmoq tanqid qilish, ayblash va shikoyat qilishi mumkin va ko’plab ahmoqlar buni qiladilar.
Agar g’azablanib, issik qo’mir kabi kimgadir tashlanmoqchi bo’lsangiz, o’zingiz kuyib qolishingiz mumkinligini unutmang.
Hayot doimo mantiqiy emas.
Siz xavotirga tushganingizda, tasavvuringiz siz uchun yoqimsiz rasm va vaziyatlarni yaratadi. Bu holatda, ular haqiqatga aloqasi bo’lmaydi. Shunday qilib, bu foydasiz mashqlarga vaqt sarflash kerakmi?
Hayotda yaxshilik ham, yomonlik ham yo’q. Biz o’zimizda sodir bo’lgan voqealarni qora va oq rangga bo’yab qo’yamiz.
Hayotingizda sodir bo’layotgan barcha narsalar sizga ma’lum bir saboqlar keltiradi va bu sizga davom etishda yordam beradi.
Har bir inson qanchalik aqlli bo’lishiga qaramay, xatoga yo’l qo’yadi.
Muvaffaqiyatga erishish yo’li insonning shaxsiyatiga muvaffaqiyatdan ko’ra ko’proq narsani beradi.
Hech qanday xavfsiz tushunchasi mavjud emas. Siz qilgan har bir narsa xavf bilan bog’liqdir.
O’z vaqtida aytilgan “yo’q” so’zi vaqt va resurslarni tejashga yordam beradi.
Agar biror narsani qilishingiz mumkin bo’lsa, buni qilish kerak degani emas.
Muhim qaror qabul qilinadigan vaziyatlarda his-tuyg’ular yomon maslahatchi hisoblanadi.
Oddiylik odatda muvaffaqiyatga erishish kalitidir. Lekin oddiy bo’lish oson emas.
Agar sevgini xohlasangiz, sevgi ulashing. Agar siz do’stlikka muhtoj bo’lsangiz, do’st bo’ling. Agar siz pulga muhtoj bo’lsangiz, qadr-qimmatga ega bo’ling.
Agar ilojsiz qolgan bo’lsangiz, buning hech qanday yomon joyi yo’q. Bu o’zingiz ustida ishlayotganingizni anglatadi va bu jarayon hozirda amalda.
Juda zo’r yozilgan.