“Uzoqdagi qarindoshdan, yaqindagi qo`shning yaxshi” yoki “Hovli olma, qo`shni ol” deb aytadi dono xalqimiz. Har bir inson uchun eng muhim va zarur narsalardan biri, bu boshqalar bilan bo`lgan munosabatdir.
Mening maktab davrlarim hozirgidek esimda. Bizda bir sinifdosh do`stimiz bor edi. Nima uchundir u boshqa sinifdoshlar bilan xatto o`qituvchilar bilan ham unchalik yaxshi munosabat qila olmas edi. Buning oqibatida esa doimo shu do`stimiz bilan boshqalar orasida muammo bor edi.
Kunlarning birida sinf rahbarimiz darsdan tashqari aynan munosabat haqida dars olib bordi. Shunda o`qituvchimizning shu do`stimizga qarab aytgan gaplari hozirgidek yodimda saqlanib qolgan. Jumladan shunday dedi: “Agar sen o`z xarakteringni o`zgartirmasang, boshqalar bilan bo`lgan munosabatingni yaxshilamasang, kelajakda kollektiv bilan ishlaganingda ham, oilangda ham, qo`ni qo`shnilaring bilan ham doimo muammo bo`ladi”.
Bu gaplar do`stimizga qanchalik ta`sir qilganini bilmadim-u, lekin men uchun boshqalar bilan munosabat qilishimda katta yordam bo`ldi. Hozir ham onda sonda shu do`stim bilan uchrashib qolganimda munosabat avvalgidek ekanligini bilish unchalik qiyin emas. Ayniqsa qo`shnilari bilan unchalik yaxshi bo`lmagan munosabatni anglash qiyin emas.
Ayrim paytlarda insonlar o`z qo`shnilari bilan janjallashib qolganiga guvoh bo`lamiz. Xatto shaxsan men shuni guvohi bo`lganmanki, o`z farzandlariga ham qo`shnilari haqida yomon fikrlar uyg`otishni yoqtiradigan insonlar ham yo`q emas.
O`ylashimcha bu insonlar orasidagi munosabatni buzilishining birinchi qadamlaridan biri. Yana boshqa sabablaridan biri bu, boshqalarni ko`ra olmaslik va hasad. Biz bir muhim xaqiqatni tushinib etishimiz lozim. Dunyoda bizdan boy va bizdan kambag`al insonlar mvjud. Bu xaqiqatni tan olishimiz kerak. Shunday ekan bizdan boy insonlarga nafrat bilan emas, xavas bilan qaraylik. Bizdan kambag`al insonlarga past nazar bilan emas, balki ularni xam inson sifitida qadrlaylik. Shundagina bizning boshqalar bilan bo`lgan munosabatimiz yaxshilanadi.
Qo`ni qo`shni, do`stlar va qarindoshlar bilan yaxshi munosabatni o`rnatish bu boshqalarning javobgarligi emas. Aksincha bu sizu bizning javobgarligimizdir. Shunday ekan kelinglar yaxshilar, barcha insonlar bilan yaxshi munosabat o`rnatishga tirishaylik. Boshqa insonlar bilan ham xuddi shunday munosabat qilishni o`rganib, avvalgi hayotimizda kimnidir xafa qilgan bo`lsak va kimgadir ozor bergan bo`lsak ulardan kechirim so`raylik.
“Дунёда биздан бой ва биздан камбағал инсонлар мавжуд” – манимча мана шу иборани купчилик тан олади, лекин хамманинг хам бу хакикатга итоат килиб, яъни “… бой инсонларга нафрат билан эмас, хавас билан …, …камбағал инсонларга паст назар билан эмас, балки уларни хам инсон сифитида қадрлайлик…” яшаш кулидан келмайди
deyarli barchani qalbida insoniylik bor, lekin ming afsuski hozirda bu insoniylik faqat qalbda, insonni chuqur qalbida yashirin yotibdi, bung sabablar juda ko’p, ko’pchili zamon o’zgaryapti deydi, yana kimlardir qadriyatlar o’zgaryapti deydi, lekin kechirasizu, ahir zamon o’z o’zidan o’zgarib qolmaydiyu, uni biz, qo’pol qib aytadigan bo’sak biz, insonlar o’zgartadi, qanday zamon kelishida, qanday vaziyat bo’lishidan qattiy nazar, inson – insonligicha qolishi kere
Биздан камбағал инсонларга паст назар билан эмас, балки уларни хам инсон сифитида қадрлайлик. Шундагина бизнинг бошқалар билан бўлган муносабатимиз яхшиланади.
койил Лола, фикрингизга кушиламан, биринчи уринда инсонийлик кадриятлар булиши кере
haqiqatdan ham aytilgan sozlar rost va men buni wahsan uzimni hayotimda kuzatganman. Hayotda harakter degan tuwuncha juda katta rol oynawini tuwunib yetganman.