Yangi iPhone 7 taqdim etildi

Yangi iPhone 7 taqdim etildi

Mana sentyabr oyi ham kirib keldi, bu vaqt Apple kompaniyasi o’zining yangi mahsulotlarini taqdim etilish vaqtidir.

Apple yangi mahsulotlari taqdimotini, kompaniya rahbari Tim Kuk Apple kompaniyasini muvaffaqiyat va yutuqlari haqida chiqishi bilan boshladi va yangi “iPhone 7” va “iPhone 7 Plus” ni taqdim etdi.

iphone

Yangi iPhone 7 o’tgan yilgi iPhone 6S dizaynidan unchalik farq qilmaydi. Biroq undan ajralib turuvchi bir xususiyati ya’ni endilikda “Ayfon”larda suv o’tkazmaslik xususiyati mavjud.

iphone2

Shuningdek, yangi “Ayfon”larda naushnik uchun alohida teshik yo’q. Uning o’rniga yangi “Lightning” mavjud ya’ni zaryadnik, naushnik va boshqa narsalar uchun yagona teshik mavjud.

iphone5

Yangi iPhone 7 Plus ikkita orqa kameraga ega bo’ldi. Bu narsa suratlarni yuqori sifatda olishga imkoniyat yaratadi. Shuningdek, 12MP asosiy kamera, yangi “HOME” tugmasi, 5.5 dyumli Retina HD displeyda, suvdan ham changdan himoyalangan korpusga va iOS 10 operatsion sistemaga ega.

iphone4
iphone6

Suratlar “theverge.com” dan olindi.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. bizada sotuvga qachon chiqarkan?

  2. Salom Azim, kecha o’qigandimki oktabr oylariga yaqin kunlari bizda sotuvga chiqish kerak.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social