O`smirlarimiz jahon chempionatini g`alaba bilan boshladi

O`smirlarimiz jahon chempionatini g`alaba bilan boshladi

Bugun BAA davlatining Fujayra shahrida Panama va O`zbekiston o`smirlar terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuv bo`lib o`tdi. Unda 0:2 hisobida o`zbekistonlik futbolchilar g`alaba qozondi.

Birinchi bo`limning ilk daqiqalardanoq ikkila jamoa futbolchilari ehtiyotkorlik bilan xarakat qilishganlari sezilib turdi va to`pni nazorat qilishga xarakat qildilar. O`yin o`rtalariga kelib vakillarimiz to`pni nazoart qilish bo`yicha ustinlikni o`z qo`llariga oldilar. Shuningdek hHimoyachilarimiz xam juda yaxshi xarakat qilishdi. Ikkala jamoa futbolchilarida bir necha bor xujum qilish imkoniyatlari tug`ildi, ammo xujumlar samarasiz nihoyasiga etdi. Birinchi bo`limda hisob ochilmadi. 0:0

Ikkinchi bo`limni Panama futbolchilari ko`taringki ruh bilan boshlashdi. O`yinning 48 daqiqasida darvozamiz tomon juda kuchli zarbar berildi. To`p darvoz to`siniga tegib, maydonga qayitdi. Ushbu vaziyatdan so`ng Panama futbolchilari yanada jonlanishdi. Oradan ko`p o`tmay vakillarimiz yana o`yinni o`z tizimiga og`dirishdi. O`yinning 68 daqiqasida futbolchilarimiz standart vaziyatni ijro etishdi. Jarima maydonchasiga kelayotgan to`pni Shohjaxon Abbosov darvozaga yo`llab hisobni ochdi. Panama – O`zbekiston — 0:1.

Ushbu vaziyatdan so`ng futbolchilarimiz yanada jonlanishdi. O`yinning 77 daqiqasida futbolchilarimiz burchakdan raqib jarima maydoniga to`pni yo`lladi. Panama jarima maydonchasi ichida pala-partishliklar yuzga keldi. Vaziyatdan unumli foydalangan Rustam Ashurmatov chap oyog`i bilan darvozani ishg`ol qildi. Panama – O`zbekiston — 0:2. Shu tariqa o`yin so`ngigacha hisob o`zgarmadi.

Barcha futbol muxlislarini ushbu ajoyib g`alaba bilan tabriklab qolamiz.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Faruh

    Tabrikliman, boshqa o’yinlagayam Omad

  2. Исмингиз

    O’smirlarimiz yaxshi o’yin ko’rsatishdi. Ertaga ham yaxshi o’yin ko’rsatishsinde

  3. lyosha

    yana kim blan uynashlari kerak? qanak uzi ketyapti uyinlar? umid bormi terma jamoamizdan?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social