“Apple” smartfon orqali avtoni boshqarish texnologiyasini patent qildi

“Apple” smartfon orqali avtoni boshqarish texnologiyasini patent qildi

AQShning patent agentligi “Apple” korporatsiyasiga smartfon orqali mashinani boshqarish texnologiyasi uchun patent berdi.

“Bloomberg” agentligiga ko`ra, korporatsiya patent uchun arizani 2012-yilning yozida topshirgan edi, biroq ruhsatni faqatgina mazkur yilning 21-oktyabr` kuni olgan. Hozircha avtomobil`ni butunlay boshqarish haqida gap ketmayapti, biroq yangi texnologiya haydovchining hayotini yanada qulayroq qilishga yordam beradi.

Masalan, “iPhone” foydalanuvchilari avtomobil` turar joyida o`zlarining mashinasini maxsus signal orqali topishlari mumkin. Shuningdek, haydovchi mashinasini o`t oldirishi yoki eshik qulfini ochib/yopishi mumkin. Albatta bularning barchasini avtomobil`ning tashqarisidan qilish imkoniyati mavjud.

Bularga ko`shimcha yana bir qator funktsiyalar ham mavjud. Masalan, haydovchi qaysi tarafdan mashinasiga borganda, mashina kerak bo`lgan eshikni yoki bagajnikni ochib beradi. Patentlangan texnologiya hamda avtomobilning yurishini kuzatib borishi mumkin. Aloqa uchun “Bluetooth” ishlatilishi mumkin va yangi texnologiyani Apple moslamalarning “CarPlay” tizimi bilan foydalanuvchilar tekshirishlari mumkin.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social