Apple yangi iPhone 12ni taqdim etdi

Apple yangi iPhone 12ni taqdim etdi

Apple iPhone 12 smartfoni va uyga mo‘ljallangan ovoz kuchaytirgich – HomePod’ning mini versiyasi taqdimotini o‘tkazdi.

Apple kompaniyasi Kaliforniyaning Kupertino shahridagi bosh shtab-kvartirasida asosiy flagman mahsuloti – iPhone smartfonining 12-talqini taqdimotini o‘tkazdi. Tadbir kompaniya rasmiy saytida translatsiya qilindi.

Smartfon mobil aloqaning yangi avlodi – 5G texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Uning narxi 799 dollardan boshlanadi.

iPhone 11 bilan taqqoslaganda yangi telefon 11 foizga ingichkaroq, 15 foizga kichikroq va yengilroq. Qurilmaga OLED ekrani o‘rnatilgan, undagi tasvir chuqurligi avvalgi modeldan ikki barobar yuqoriroq.

iPhone 12 displeyi Ceramic Shield himoya oynasi bilan himoyalangan. Bu smartfonning tushirib yuborilgandagi himoyasini 4 barobarga kuchaytiradi.

Yangi telefonga yangi protsessor – A14 Bionic o‘rnatilgan, bu, taqdimotda aytilishicha, «istalgan boshqa bir smartfonning protsessoridan 50 foiz tezroq» ishlaydi.

Yangi model besh xil – qora, oq, qizil, yashil va ko‘k rangda chiqadi.

Taqdimotda iPhone 12 Mini ham namoyish etildi. iPhone 12 hajmi 6,1 dyum bo‘lsa, uning mini versiyasi 5,4 dyum (xuddi iPhone 8 kabi).

Shuningdek, Apple yana ikki yangi model – iPhone 12 Pro (6,1 dyum), iPhone 12 Pro Max (6,7 dyum)ni ham taqdim etdi. Ma’lum qilinishicha, iPhone Pro Max – kompaniya tarixidagi eng katta displeyga ega smartfondir.

Narxlar quyidagicha:

  • iPhone 12 mini – 699 dollardan boshlanadi
  • iPhone 12 – 799 dollardan boshlanadi
  • iPhone 12 Pro – 999 dollardan boshlanadi
  • iPhone 12 Pro Max – 1099 dollardan boshlanadi

iPhone 12 va 12 Pro uchun 16 oktyabrdan boshlab buyurtma berish mumkin. 12 Pro Max hamda 12 Mini xaridi uchun buyurtmalar esa 13 noyabrdan boshlab qabul qilinadi.

Taqdimotda uy uchun mo‘ljallangan ovoz kuchaytirgichning kichikroq versiyasi – HomePod Mini ham namoyish etildi. Apple vakillariga ko‘ra, kolonka va iPhone bir-birini juda yaxshi «tushunadi»: uning yordamida SMSlarni o‘qish va jo‘natish, bildirishnomalarni ko‘rish va smartfonni qidirib topish mumkin.

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. jalol

    bunaqa narxga nima kere bor! vawe narxla osmonku, qatdan bunaqa pul sorry

  2. Yuz

    Narxi zor. Undan kora borib uyga ovqat ogani axwi.

  3. Yuz

    Albatta bu hazl. Kimga kere bosa oladi. Ayfonla uje davno pont uchun olinmidi. Xiaomila hozir yaxwi.

  4. Fazo.tv

    Salom Yuz, to’g’ri aytasiz, Iphonelarni ko’plar hozir ish uchun olishadi, ishlarini tezlashtiradi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social