BlackBerry tibbiyot hodimlar uchun mo`ljallangan va bakteriyalardan saqlaydigan smartfon ishlab chiqarish rejasi borligini bildirdi.
Ma`lumotlarga qaraganda, smartfon “ThoughtWire” va “Cisco” kompaniyalari bilan hamkorligida ishlab chiqariladi va Kanadaning “Mackenzie Richmond Hill” kasalxona ishchilarida sinaladi.
“Antibakterial” gadjetning maqsadi shundaki, endi shifokorlarga va hamshiralarga doim o`z smartfon mikroblarini o`ldirish uchun artib turishlari kerak bo`lmaydi. “BlackBerry” texnologiyasining siri hozircha ochilmagan.
Olimlarning ta`kidlashicha, 20-30% mikroblar mobil telefonlar orqali tarqatiladi. Infektsion kasalliklar bo`yicha shifokor Uil`yam Shaffnerning aytishicha, BlackBerry ning yangiligiga yaxshi qaraydi, ammo bu “katta o`zgarish emas”. “Smartfonlar infektsiyaning asosiy manbasidir, biroq mikroblar bilan kurashishga har qanday kichik harakat yordam beradi” – deb aytib o`tdi.
Manba: Naked Science
eng yaxshi telefonladan biri