Bolalar va qariyalar uchun mahsus telefon yaratildi

Bolalar va qariyalar uchun  mahsus telefon yaratildi

Avstraliyada bolalar va qariyalar uchun g`amxo`rlik qilishga yordam beruvchi Cloudphone telefon ishlab chiqildi.

Ushbu qurilmaning tashqi ko`rinishi telefon bilan peydjerga o`xshab ketadi. Uni boshqarish juda ham qulay bo`lib, ovoz yordamida ya`ni “taksi” yoki “o`g`limga qo`ng`iroq qilish” so`zlarini aytsangiz etarli. Undan tashqari ushbu qurilma o`z egasining turgan manzilini va yo`nalishini aniqlayda va ushbu ma`lumotni yaqinlarining elektron qutisi yoki telefoniga xabar qoldiradi. Shuningdek telefon egasi kundalik yo`nalishi bo`yicha xarakatlanmay, adashib boshqa yo`nalish bo`yicha xarakatlansa, bu xaqda xam oila a`zolarini ogohlantiradi.

Ushbu qurilma foydalanuvchining jismoniy holati, belgilangan vaqtda necha qadam yo`l bosdi, qancha masofa xarakatlandi, kimga qachon qo`ng`iroq qildi va shifokor bergan maslahatlarni qanday qo`llamoqda bu haqdagi ma`lumotlarni barchasini ushbu qurilma orqali bilish mumkin. Shuningdek foydalanuvchi xushidan ketib yiqilib yoki ushbu qurilmadan uzoq vaqt foydalanilmasa avtomatik ravishda darhol oila a`zolariga yoki tez yordamga xabar beradi.

Ushbu telefon 2014 yilda sotuvga chiqishi rejalashtirilmoqda. Uning ba`hosi 200$ tashkil qiladi.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    vawee zo’ruu)))

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social