Brauzerlar, nima uchun?…

Brauzerlar, nima uchun?…

Tezkor, qulay va ishonchli – brauzerlarning shu kabi yangi foydali imkoniyatlari (funktsiyalari) yordamida internet – serfing foydalanuvchilar uchun yanada oson bo`lishi kerak. Ammo brauzerlar nafaqat yangiroq, balki “shubxali” qilib ham yaratilmoqda. Brauzerlar: qidiruv so`rovnomalarini, shaxsiy komp`yuterda qo`llanilayotgan dasturlar va boshqada ma`lumotlarni o`zlarining serverlariga jo`natishar ekan. Ayniqsa yangi Google Chrome brauzeri, o`zining o`ta “qiziquvchanligi” bilan boshqa brouzerlar orasidan ajralib turadi.    

ComputerBild – brauzerlarning, foydalanuvchilardan yashirin holda tarmoqqa qanday ma`lumotlarni jo`natishini tekshirib ko`rdi. Natijada ma`lumotlarning shiddatli oqimi aniqlandi, asosan barchasi ma`lumotlar shifrlangan ko`rinishda jo`natilar ekan. Xaqiqatdan ham shundaymi? Agar shunday bo`lsa, brauzerlar qanday ma`lumotlarni jo`natadi? Nima uchun brauzerlar protsessor, tezkor xotira, qattiq disklar, komp`yuter dasturiy ta`minoti haqidagi ma`lumotlarni, qolaversa komp`yuterni identifikatsiyalash uchun shifrlangan kodni jo`natadilar?

Computer­Bild, Microsoft (Internet Explorer yaratuvchilarining), Mozilla Foundation (Firefox yaratuvchilarining), Google (Chrome ni taklif qiluvchilarining), Apple (Safari ishlab chiqaruvchilarining), Opera Software (Opera mualliflarining) yuqori martabali xodimlaridan, ularning brauzerlari aynan qanday ma`lumotlarni jo`natishi, qancha vaqtdan va qaerga jo`natib turishlari haqida ma`lumot berishlarini so`rashdi. Albatta, bu so`rovga hech qaysi bir brauzer mualliflarining javob bergisi yo`q. Faqatgina Microsoft va Google bu so`rovlarga javob taqdim qilishdi. Shunisi qizziq ki, barcha brauzer mualliflari bir ovozdan olinayotgan ma`lumotlarni suiiste`mol qilmasliklarini takidlab o`tishgan, lekin buni tekshirishning hech ham ilojisi yo`q.  

Internet Explorer 8 tasdiqladiki, u Microsoft ga komp`yuteringizning qurilmalari, siz tashrif buyurayotgan saytlar, qidiruv so`rovnomalari, hattoki siz to`ldirayotgan ba`zi bir formalardagi ma`lumotlarni ham jo`natar ekan. Shunga qaramasdan Microsoft Explorer 8 yakuniy versiyasida bir qancha bunday ayg`oqchi funktsiyalarini o`chirib qo`yishga va`da bermoqda.

Google Chrome aynan qanday ma`lumotlarni o`z serveriga jo`natadi? Google brauzeri o`z serveriga to`plagan ma`lumotlarni jo`natadi: brauzer versiyasi raqamini, qidiruv so`rovnomasini, veb sahifalar, noto`g`ri veb adreslar, Windows va DirectX versiyalari, komp`yuterga o`rnatilgan foydalanuvchilar, hamda Google ning boshqa dasturlari haqida ma`lumotlarni jo`natadi. Bunday ma`lumotlar juda tez-tez jo`natib turiladi.

Chrome brauzeri orqali juda ko`p ma`lumotingiz komp`yuterni tark etadi. Agarda Siz bu brauzerdan foydalanadigan bo`lsangiz, albatta brauzer parametrlariga o`zgartirish kiritishingiz kerak bo`ladi.

Natijada hech qaysi bir brauzer kompaniyalari qo`yilgan savolga to`liq va qoniqarli javob berishmadi. Shu sabab, katta o`rgimchak to`rida, komp`yuterimiz va undagi ma`lumotlar xavfsizligi faqat va faqat o`zimizga bog`liq.

Kommentlar: 6 komment. 6 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. hi tech

    Манинг учун энг кулай браузер бу мозилла, хромга нимагадир урганаолмади, канакадир настройкалари галати

  2. хромми роса макташади тез ишлайди деб, лекин ман шахсан узим буни хеч хам бошка браузерлардан фаркини курганим йук, манимча хамма браузерлар бирдай ишлайди, факат уларни тугри настройка килиб тугри фойдаланиб билиш керак

  3. Мен учун браузер жуда кулай шунинг учун мен доим браузердан фойдаланишни канда килмайман

  4. Maxfiylik yaxshi bu borada hammasin o’rganolsak Kompyuter asrida shuni o’zi yetadi manimcha.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social