Turkiyada mushukcha majlisda nutq so‘zlayotgan siyosatchining ustiga chiqib oldi

Turkiyada mushukcha majlisda nutq so‘zlayotgan siyosatchining ustiga chiqib oldi

Turkiyaning Beykoz shahri hokimi Murat Aydin o‘zining Instagram sahifasida ajoyib video bilan bo‘lishdi. Unda mushuk bolasi hokim yelkasiga chiqib oladi, majlis o‘tkazayotgan Murat Aydin mushukni bezovta qilmay, o‘z ishida davom etadi. Mushukning ismi Bella bo‘lib, u shahar munitsipalitetida yashaydi.

“Bu Bella bilan majlislar zalidagi ilk va so‘nggi uchrashuvimiz edi”, — deb yozadi hokim.

Aslida ushbu voqeaga bir necha oy bo‘lgan va mushuk ancha ulg‘aygan. Murat Aydin ijtimoiy tarmoqdagi xabarini 1-mart kuni nishonlanadigan Xalqaro mushuklar kuni bilan bog‘lagan edi.

2023-yil aprel oyida shunga o‘xshash voqea Jazoirdagi masjidda sodir bo‘lgan edi: mushuk ibodat qilayotgan imomning yelkasiga chiqib olganda, imom namoz o‘qishda davom etgan edi.

Kommentlar: 17 komment. 17 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Мана бизани одамла турциядака яшилу дийишади, нимага бумаса турклага ухшаб мушук ва кучулани севишмиди?

  2. Otabek

    Islomda ham mushuk va kuchuklarni sevish kerak deyilgan…

  3. Aziza

    Shirintoyligini qarela heart

  4. Aziza

    Uzi manam wuni twunmiman, nimaga bizada hayvonlaga wunaqa etiborsiz buliwadi

  5. Dildora

    Shunday odamlar dunyoda ko’proq bo’lsin, bizning kichkina do’stlarimizni asraylik.

  6. Obid

    Turklarga qoyil qolaman, nega bizda hech kim shunday ish bilan shug’ullanmaydi

  7. Anonim

    good malades!

  8. Rasulbek

    Yaxshi ish qilibti

  9. Qobil

    good barakalla

  10. SvS

    Malades otaxon

  11. Botir

    heart heart

  12. Xorazm

    Qoyil qolaman shu insonlardan

  13. Anonim

    good suuuper

  14. Anonim

    heart heart heart heart heart heart heart heart

  15. Shoira qiz

    kiss

  16. Asal

    Yoqimtoyim

  17. Holmira

    Turklar juda yaxshi insonlar

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social