Bu uchar ketmon emas, lekin u sizni uchira oladi

Bu uchar ketmon emas, lekin u sizni uchira oladi

Amerikaning Viskonsin shtatida joylashgan Poplar qishlog‘ida yashovchi Daniyel Gant ismli injiner 13 yoshidan beri samolyot modellarini yasash bilan shug‘ullanadi. U Cirrus Aircraft kompaniyasi sobiq muhandisi bo‘lib, o‘zining shaxsiy uchuvchi litsenziyasiga ega. Hozirda o‘zining Ascend Dynamics nomli kompaniyasiga asos solgan. Gant yaqinda kompaniyasining ilk mahsuloti – SkyPak brend nomli uchar jetpakinining ilk prototipini taqdim qildi.

SkyPak V1 – xuddi ryukzakdek kiyib olinadigan to‘liq elektrik qurilma bo‘lib, texnologiyani isbotlash uchun konsept shaklida ishlab chiqilgan. Og‘irlig 36 kg. Bo‘yiga 116 sm, eniga esa 89 sm o‘lchamdagi prototip alyuminiydan yasalgan. Har biri 7kVt quvvatga ega 12 ta dvigatel bilan jetpak 112 ot kuchiga ega va u hozircha sinov uchun 2 daqiqa ucha oladi.

Ma’lum bo‘lishicha, hozirda kelajakda avvalgisidan biroz og‘irroq bo‘ladigan SkyPak V2 yana bir test prototipi uchun mablag‘ yig‘ilmoqda. Undan keyin esa SkyPak X1 – 30 daqiqa uchish imkonini beruvchi yakuniy mahsulot chiqariladi.

Bunday elektr vertikal uchish-qo‘nish qurilmasi odatda borish qiyin bo‘lgan hududlarga kirish yoki qidiruv-qutqaruv yoki texnik xizmat ko‘rsatish ishlarida katta foyda keltiradi.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. ketmon roflroflroflrofl top nom rofl

  2. oddiy odamlagayam sotiwadimmi? wunda pul yuborardim

  3. Shoxobiddin

    sorry uzimgayam olgan bulardim

  4. yess nakone4to!

  5. keremas narsalaga pul ketqizawadi

  6. pul tashavoraman

  7. ketmon vaxaxaxaxxaaxaxax

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social