Endilikda Facebook Messengerida xabarlarni bekor qilishi mumkin

Endilikda Facebook Messengerida xabarlarni bekor qilishi mumkin

Facebook yuborilgan xabarni o’chirish qobiliyatini qo’shdi. Bu noto’g’ri ketib qolgan xabarni yozganingizda yoki biror matn xato yozilgan bo’lsa foydalidir.

Xabar yuborishdan voz kechish uchun 10 minut beriladi. Xabarni belgilang va “Hamma uchun o’chirish” ni tanlang. Shu bilan birga, qabul qiluvchining yozishmalarida xabar o’chirib tashlangan degan chiziq paydo bo’ladi.

O’tgan yilning aprelida Facebook egasi Mark Tsukerberg bazi foydalanuvchilar o’z yozishmalarini o’chirib tashlay oladi deb ma’lum qilgan edi. Boshqalar buni bilishganidan so’ng, ular kompensatsiya talab qilishdi va kompaniya bir necha oy ichida barcha uchun bunday imkoniyatni qo’shishga va’da berdi. Mana, endi bu amalga oshdi.

Shunday funksiya birinchi marotaba, 2015-yilning noyabr oyida Viberda paydo bo’lgan edi. Telegramda shunga o’xshash xususiyat 2017-yilning yanvar oyida paydo bo’ldi, bu xususiyat xabar yuborilganidan keyin 48 soat ichida mavjud. O’tgan yilning oktyabr oyida WhatsApp boshqalarning smartfonlaridagi xabarlarni o’chirishga ruxsat berdi – bu bir soat ichida amalga oshirilishi mumkin. Taxminan ikki oy o’tgach, ushbu funksiya “VKontakte” ga yetib bordi.

Bugungi kunda Facebook Messengerning iOS va Android mobil ilovalarida mazkur yangilik paydo bo’lgan.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social