WhatsApp xabarlarni jo’natishda cheklov joriy etilishini e’lon qildi. Endilikda, bitta xabar besh martadan ortiq yuborilmaydi.
Ushbu cheklov bilan WhatsApp noto’g’ri yangilik va mish-mishlar bilan qurashmoqchi. Yangi versiya 21 yanvar kuni paydo bo’ldi. Dastlab, Android foydalanuvchilari, keyin esa – iOS foydalanuvchilar ega bo’lishdi.
Birinchi marta mazkur cheklov 2018-yilda paydo bo’lgan edi. Unda xabarlarni qayta jo’natish 20 martadan oshmasligi kerak edi. Hindistonda, o’g’irlangan bolalar haqidagi mish-mishlar tarqalishi tufayli darhol beshta xabar chegarasi belgilab qo’yildi.
WhatsApp messenjeri Facebook ga tegishli bo’lib, hozirda 1,5 milliard insonlar foydalanadi.