Eng xaridorgir Android-smartfonlar ma’lum qilindi

Eng xaridorgir Android-smartfonlar ma’lum qilindi

Strategy Analytics tahliliy firmasi 2020 yil 1-choragida butun dunyoda Android-smartfonlar savdosi bo‘yicha hisobotni taqdim qildi. Tadqichotchilar ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil boshida eng xaridorgir smartfon Samsung qurilmasi bo‘ldi.

Shu tariqa, Android operatsion tizimida ishlovchi eng xaridorgir smartfonlar reytingiga Samsung Galaxy A51 hamyonbop smartfoni yetakchilik qilmoqda. 1-chorak ushbu smartfondan 6 mln dona sotilgan va bu ko‘rsatkich ushbu vaqt ichida sotilgan barcha Android-smartfonlarning 2,3 foizini tashkil qiladi. Galaxy A51 butun dunyoda, ayniqsa Yevropa va Osiyoda talabgir bo‘lgan.

2-o‘ringa Redmi 8 qo‘yilgan, ushbu smartfon bozorning 1,9 foizini egallagan. Smartfon asosan Xitoyda talabgir hisoblanadi, biroq Yevropada ham unga qiziqish ortib bormoqda.

Yuqoridagi ikki smartfon ham o‘rta va hamyonbop narxdagi qurilmalar segmentiga kiradi. Strategy Analytics’da ta’kidlanishicha, arzon gadjetlarga talabning oshishi foydalanuvchilar koronavirus pandemiyasi ortida o‘z moddiy holatlaridan tashvishlanishlari bilan bog‘langan.

Reytingga hammasi bo‘lib 6 ta smartfon kiritilgan. Ushbu ro‘yxatga kirgan yagona qimmatbaho qurilma Samsung Galaxy S20+ bo‘ldi. U bozorning 1,7 foizlik ulushi bilan 3-o‘rinni egallagan. Ro‘yxatdan Samsung Galaxy A10s (1,6 foiz ulush), Redmi Note 8 (1,6 foiz) va Galaxy A20s (1,4 foiz) ham joy olgan.

Butun dunyoda 1-chorakda hammasi bo‘lib 275 mlnta smartfon sotilgan. Bundan 86 foizi Android-smartfonlar hisobiga to‘g‘ri keladi.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Manda kak raz wunaqa telefon, vawe z6r, bunday yaxwisini iwlatmaganman good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social