Isroillik ihtirochilar quyosh nurini energiya quvvatiga aylantiradigan daraxtni yaratdilar. Ushbu daraxt moslamalarga zaryad berish, bepul Internetga ulanish (Wi-Fi) va sovuq suv bilan ta`minlash kabi vazifalarni bajara oladi.
Daraxtning ustki qismida daraxt shoxlarini ifodalovchi quyosh batareyalari joylashgan bo`lib, ular smartfon va planshetlar uchun USB orqali zaryadni, bepul Wi-Fi, insonlar uchun ichimlik suvini va hamda hayvonlarni ham suv bilan ta`minlash uchun elektr manbaini ishlab chiqaradi. Shuningdek, kechki vaqtda esa mazkur daraxt ko`chalarni yorug`lik bilan va informatsion reklama ekranlarini quvvat bilan ta`minlaydi.
Shunday daraxtlar birinchi bo`lib Isroilda o`rnatilgan. Biroq hozirda, ishlab chiqaruvchi kompaniya uarni Hitoyga va Frantsiyaga sotishni rejalashtirmoqda. Ammo shunday daraxt $100 000 atrofida turadi. Unda 7 quyosh panellari 1,4 kVt elektroquvvatni chiqarib berishi mumkin va bu 35 noutbuk uchun etarli deganidir.
Shunday daraxtlar har xil shahar bog`larida o`rnatiladi va foydalanuvchilar dunyoning turli xil nuqtalarida daraxtning kameralariga qarab salomlashish imkoniyatini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
zo’r narsa ekan
Khjd.