Facebook ijtimoiy tarmog’i 13 yoshgacha bo’lgan bolalarga kirishni man etishni istaydi. Ushbu o’zgarish Instagram ga ham ta’sir qiladi.
Ushbu ikki ijtimoiy tarmoqning moderatorlari belgilangan minimal yoshga yetmaganlarning akkauntlarini to’sib qo’yadilar.
“Facebook foydalanuvchilarni 13 yoshda bo’lishini talab qiladi (ayrim qonunlarga muvofiq, yosh chegarasi yuqoriroq bo’lishi mumkin). Noto’g’ri ma’lumot bilan akkaunt yaratish – bu qoidalarni buzish deganidir. Bu shuningdek, 13 yoshgacha bo’lgan bolaning nomidan ro’yxatga olingan akkauntlarga ham tegishlidir”.
Kompaniya vakillarining aytishlaricha, tizim har qanday shubhali akkauntni to’sib qo’yishga ruxsat bergan. Bolalar oldin ham bu ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga hech qachon ruxsat berilmagan, lekin moderatorlar bunday akkauntlarni faqat shikoyat qilganda to’sib qo’yishgan.
Agarda Facebook yosh doirasida kimnidir akkauntini bekol qilsa, foydalanuvchi kerakli yoshga yetganini isbotlashi va blokirovka qaroriga shikoyat qilish uchun rasm bilan rasmiy hujjatni yuborishi mumkin. Agar u o’zining yoshini tasdiqlasa, akkaunt qayta tiklanadi.
Ushbu chora ikki tarmoqdagi faol foydalanuvchilar soniga ta’sir qiladimi yoki yo’q, hozircha noma’lum. Shuni ta’kidlash kerakki, Facebook yoshlar orasida Instagramdan ko’ra o’z mashxurligini yo’qota boshladi.
Siz ushbu tashabbusni qo’llab-quvvatlaysizmi?