YeChL. «Bavariya» «Lion»ni yirik hisobda yengib, finalga chiqdi

YeChL. «Bavariya» «Lion»ni yirik hisobda yengib, finalga chiqdi

YeChL. «Bavariya» «Lion»ni yirik hisobda yengib, finalga chiqdi

Yevropa Chempionlar Ligasida ikkinchi finalchi ham aniq bo‘ldi. Lissabondagi bir uchrashuvdan iborat yarimfinal o‘yinida «Lion»ni 3:0  hisobida yenggan «Bavariya» finalga yo‘l oldi. Birinchi bo‘limda Serj Gnabri tomonidan kiritilgan ikkita va o‘yin yakunida Levandovskiy urgan bitta gol myunxenliklarga g‘alaba keltirdi. «Bavariya» finalda Fransiyaning boshqa jamoasi «PSJ»ga qarshi o‘ynaydi. Final 23 avgust kuni Lissabonda o‘tkaziladi.

YeChL-2019/20
Bitta o‘yindan iborat yarimfinal

Lion – Bavariya 0:3
Gollar: Gnabri (18, 33), Levandovski (88).
Lion: Antoni Lopesh, Denayyer, Marselo, Marsal (Sherki, 73), Dyubua (Tete, 67), Bruno Gimaraes (Tiago Mendes, 46), Kakre, Auar, Korne, Depay (Dembele, 58), Toko-Ekambi (Ren-Adelaid, 67).
Bavariya: Noyyer, Boateng (Zyule, 46), Alaba, Kimmix, Alkantara (Tolisso, 82), Devis, Goretska (Pavar, 82), Perishich (Koman, 63), Gnabri (Koutino, 75), Levandovski, Myuller.
Ogohlantirishlar: Marselo (35), Marsal (42).

YeChL. «Leypsig»ni yirik hisobda yenggan «PSJ» o‘z tarixida ilk marta musobaqa finaliga chiqdi

Yevropa Chempionlar Ligasi joriy mavsumining ilk finalchisi aniq bo‘ldi. Lissabondagi «Da Lush» stadionida o‘tgan yarimfinal o‘yinida «PSJ» Germaniyaning «Leypsig» klubini 3:0 hisobida mag‘lub etdi va finalga chiqdi.

Birinchi bo‘limda Markinos va Di Mariyaning gollari evaziga oldinga chiqib olgan parijliklar ikkinchi bo‘lim avvalida Xuan Bernat tomonidan kiritilgan gol evaziga yirik hisobda g‘alabani ta’minlashdi. O‘yinda Anxel Di Mariya bitta gol urish bilan birga ikkita golga assistentlik qildi.

Shu tariqa «PSJ» o‘z tarixida ilk marta YeChL finaliga chiqdi. Ikkinchi finalchi nomi ertaga, «Bavariya» hamda «Lion» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda aniq bo‘ladi.

YeChL-2019/20
Bitta o‘yindan iborat yarimfinal

Leypsig – PSJ 0:3
Gollar: Markinos (13), Di Mariya (42), Bernat (56).
Leypsig: Gulachi, Anxelino, Upamekano, Mukiyele, Klostermann (Orban, 82), Laymer (Xalstenberg, 62), Zabitser, Kampl (Adams, 64), Olmo (Shik, 46), Nkunku (Forsberg, 46), Poulsen.
PSJ: Riko, Bernat, Kimpembe, Tiago Silva, Markinos, Paredes (Draksler, 83), Errera (Verratti, 83), Di Mariya, Kerer, Mbappe, Neymar.
Ogohlantirishlar: Kimpembe (45), Laymer (61), Xalstenberg (79), Poulsen (79).

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social