Humane kompaniyasi AI Pin aqlli broshini taqdim qildi

Humane kompaniyasi AI Pin aqlli broshini taqdim qildi

Qurilmaga o‘rnatilgan sun’iy intellekt savollarga javob beradi, xabarlar yozadi va ularni o‘qiydi. Undan qo‘ng‘iroq qilish, musiqa tinglash va suratga olish uchun ham foydalanish mumkin.

“Humane” startap kompaniyasi “AI Pin” aqlli broshini taqdim etdi, deya xabar bermoqda “vc.ru” nashri.

U Qualcomm chipi bilan jihozlangan va sun’iy intellektdan foydalanadi.

AQShda oldindan buyurtmalar 2023-yil 16-noyabrda ochiladi. Yetkazib berish 2024-yil boshida rejalashtirilgan.

“AI Pin”ning umumiy narxi zaryadlovchi qurilma va ikkita batareyaning bilan $699ni tashkil qiladi.

Ammo har oyda uyali aloqa xizmatlaridan foydalanish, fayllarni saqlash va neyron tarmoqlarga cheksiz miqdordagi so‘rovlar qilish imkoniyati uchun $24 miqdorida obuna to‘lash kerak bo‘ladi.

Kvadrat shaklidagi “AI Pin” qurilmasi ikki qismdan iborat — og‘irligi taxminan 34 g bo‘lgan brosh korpusi va 20 g batareya.

U mikrofon, dinamik, 13 megapikselli kamera, harakat va chuqurlik datchiklari, shuningdek, lazer proyektori bilan jihozlangan, deb yozadi “The Verge”.

Uning ekrani yo‘q, lekin sensorli panel mavjud. Kamera hozircha faqat suratga oladi, lekin dasturiy ta’minot yangilangandan so‘ng u video yozishni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Loyiha g‘oyasiga ko‘ra, AI Pin kiyimga brosh singari magnitlar yordamida biriktiriladi. Qurilmani sozlash uchun telefoningizga maxsus ilovalarni o‘rnatishning hojati yo‘q.

Uni ovoz, imo-ishoralar va teginishlar orqali boshqarish mumkin. Agar tizim matn yoki interfeysni ko‘rsatishi kerak bo‘lsa, u lazer yordamida tasvirni kaftda ko‘rsatadi.

“Humane” kompaniyasiga “Apple” dizayn va ishlab chiqish guruhining sobiq a’zolari Imran Chaudri va Bethany Bongiorno asos solgan.

Chaudri u yerda 20 yil ishlagan va iPhone bosh ekrani dizayniga rahbarlik qilgan. Bongiorno “Apple”da sakkiz yil ishladi va boshqa narsalar qatorida iOS va macOS ning rivojlanishini nazorat qildi.

Kommentlar: 16 komment. 16 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Shoxrux

    Qoyilman

  2. Diyorbek

    Yaxshi narsaga o’xshaydi, qulay bo’lsa bo’ldi

  3. Тимур

    Не очень удобно будет, как по мне

  4. Nimaga?

  5. Тимур

    Охиргача килишса балки кулай булади, хозирча кулаймасга ухшиди

  6. Meta ochkilarini ham qulaymas deyishardi, hozir juda zo’r bo’lib ketdi

  7. Shomuil

    good good good

  8. Dilshod

    Kelajak yaqin smile

  9. wow

  10. zo’r

  11. Qobilbek

    Qoyil juda zorg

  12. Tushunmadim

  13. Yaxshi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social