«iPhone» uchun USB-flesh (+video)

«iPhone» uchun USB-flesh (+video)

SanDisk kompaniyasi i-moslamalar bilan ishlaydigan USB to`plagichlarning (fleshka) sotuvini boshladi. iXpand deb nomlangan yangilik ikki ulanish tizimiga ega ya`ni Lightning «ayfon»ga ulanish va USB komp`yuter bilan ulanishga ega.

Eslatib o`tish joizki, iOS operatsion tizim tashqi to`plagichlarni yoki xotira kartalarni qabul qilolmagan edi. Shunday qilib iXpand endi fayllarni Apple maxsulotlariga maxsus ilova orqali jo`natishi mumkin, u “avtomatik tarzda kameradan foto va videolarni to`plagichga jo`natishi mumkin”.

iXpand ga WMV, AVI, MKV, MP4 yoki MOV formatdagi fil`mlarni yozish yoki ko`rish mumkin. Xavfsizlik maqsadida har qanday faylni parol` bilan berkitish imkoniyati ham mavjud.

Moslama boshqa USB-fleshkadan ko`ra kattaroq ko`rinishiga ega va qimmatroq to`radi: 60 dollar 16 gigabayt uchun, 80 dollar 32 gigabayt uchun va 120 dollar 64 gigabayt uchun. Ammo, iXpand orqali xotirani ko`paytirishi kattaroq xotiraga ega bo`lgan iPhone yoki iPad sotib olishdan ko`ra arzonroqqa tushadi.

SanDisk sotuvga chiqgan va har qanday i-moslamalari bilan ishlaydi, iPhone 6, iPhone 6 Plus, iPhone 5s, iPhone 5c, iPhone 5, iPad Air 2, iPad Air, iPad mini 3, iPad mini 2 va iPad mini, xamda operatsion tizim iOS 7 yoki 8 versiyada bo`lishi kerak.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social