Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi Germaniyada bo`lib o`tgan IFA-2015 taqdimotida 111 dyuymli S-shaklidagi displeyni taqdim etdi. Qizigi shundaki, displey uchta alohida 65 dyuymli 4K UHD OLED displeylardan iborat va ikkita ko`rinadigan taraflarga ega. Shu bilan yangilikning qalinligi 5,3 mm. Ushbu displey savdo-sotiq uchun emas, shunchaki kontsept ishlashini va albatta o`z raqiblariga kompaniya nimalarga erishganini ko`rsatish uchun ishlab chiqarilgan.
LG ning ta`kidlashicha, OLED displeylar – bu egiluvchan displeylarning kelajagidir, chunki ular fon yorug`ligiga ega emaslar va ularni ishlab chiqarish osonroq. Shunday displeylarni egib, trubaga yig`ib olish ham mumkin bo`ladi va ular shaffof bo`ladi.
LG ohirgi vaqtda OLED-texnologiyalarini ommaga taqdim qilishga harakat qilmoqda.
Manba: hi-news.ru