LG K7i – chivinlardan himoya qiladigan dunyodagi birinchi smartfon

LG K7i – chivinlardan himoya qiladigan dunyodagi birinchi smartfon

LG kompaniyasi “Mosquito Away” chivinlardan himoya qilish texnologiyasiga ega bo’lgan dunyodagi birinchi smartfonni taqdim etdi. Yangilik LG K7i deb ataldi va ishlab chiqaruvchining fikriga ko’ra, egasini uyda yoki tabiatda bezovta qiluvchi chivinlardan himoyalashga qodir. Qolganlari esa oddiy texnik xususiyatlarga ega bo’lgan boshlang’ich darajadagi eng oddiy smartfondir.

Texnologiyaning mohiyati shundaki, maxsus dinamik ultratovush to’lqinlarini 30 kHz dan yuqori chastotada hosil qiladi. Inson bu tovushlarni eshitmaydi, lekin chivinlar ularga toqat qilmaydi.

89787789

Dinamik orqa qopqoqga o’rnatilgan, agar kerak bo’lsa standard qopqoqga almashtirilishi mumkin. Bu holatda LG K7i oddiy smartfonlardan farq qilmaydi.

LG K7i ning texnik xususiyatlari:

  • 854×480 piksel o’lchamli 5 dyumli IPS-displey;
  • 1,1 gigagerts chastotali to’rt yadroli protsessor;
  • 2 GB operativ xotira;
  • 16 GB ichki xotira;
  • microSD xotira kartalarini qo’llab-quvvatlash;
  • 8-megapikselli asosiy kamera;
  • 5-megapikselli old kamera;
  • barmoq izlari skaneri;
  • 2500 mAch batareya quvvati (olinadigan);
  • O’lchamlari 7 x 74.1 x 8.1 mm.

Manba: 4pda

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social