Meizu Pro 7 va Pro 7 Plus – ikkita displey, ikkita kamera

Meizu Pro 7 va Pro 7 Plus – ikkita displey, ikkita kamera

Meizu kompaniyasi ikki versiyada mavjud bo’lgan – Pro 7 va Pro 7 Plus yangi flagmanlarini taqdimotini o’tkazdi. Gadjetlarning asosiy xusussiyatlari bu orqa panelida joylashgan 1.9-dyumli ekran va super-audio chipdir. Mazkur audio chip Hi-Fi ovoz-darajasini ta’minlashi mumkin.

Qo’shimcha 1,9 dyumli rangli sensorli 536 × 240 piksel SuperAMOLED ekran qo’ng’iroqlar, SMS, elektron pochta, xabarlar va boshqa narsalar haqida xabardor qilish uchun mo’ljallangan. Uning yordamida sifatli selfi qilish ancha oson bo’ladi deb ishlab chiqaruvchilar ishonch hosil qilishdi. Endi selfini asosiy ikkitali kameraga (Sony IMX386 12 MP va Sony IMX286 12 MP, f/2.0) va oldi kameraga (16 MP, f / 2.0) olish mumkin ekan.

meizu-pro-7-emoji

Har ikkala model 4G LTE, GPS, GLONASS, ikki SIM karta, DAC CS43130 Master Hi-Fi qo’llab-quvvatlash, 3,5-mm kirish, USB Type-C, Wi-Fi (802.11 a/b/g/n/AC), Bluetooth 4.2 va asosiy ekranda 2.5D-oynaga egalar. Smartfonlar Android 7.0 Nugat maxsus proshivka Flyme OS 6 operatsion tizim ostida ishlaydilar. Shaxsiy ma’lumotlar xavfsizlikni barmoq izlari skaner ta’minlaydi.

Meizu Pro 7 da asosiy ekran SuperAMOLED-hajmi 5,2 dyum, ruhsati – Full HD (1980×1080 piksel). Model 8-yadroli MediaTek Helio P25 GPU Mali-T880 mp2 protsessorga ega (shuningdek, 10-yadroli Helio X30 taqdim etiladi), operativ xotirasi 4 GB DDR4X va 64/128 GB ichki flesh xotira, 3000 mA batareyaga ega. Smartfon uskunalarga qarab narxi 430 va 500 dollar oralig’ida bo’ladi.

meizu-pro-7-08

Meizu Pro 7 Plus rivojlangan versiyada 5,7 dyumli SuperAMOLED QHD ruhsati (2560×1440 piksel) bilan jihozlangan, 10-yadroli MediaTek Helio X30 GPU IMG PowerVR 7XTP-MT4 bilan, 6 GB operativ xotira va 64 GB yoki 128 GB ichki xotiraga ega, batareya esa 3500 mAh tez mCharge 4.0 zaryadni qo’llab-quvvatlaydi. Yangi smartfon narxi – 530 va 605 dollar oralig’ida bo’ladi.

meizu-pro-7-front-and-back

Manba: 24gadget

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social