Zamonaviy dunyoda texnologiyalarni miniatyura shaklida yaratish yoki miniatur shakliga keltirish juda ko`p ishlatila boshlandi. Aytish mumkinki “shpion” texnikasi alla qachon notabiiy narsadan oddiy va juda miniatyur gadjetlarga aylandi. Hammacher Schlemmer kompaniyasi barmoq uchida joylashadigan yarim funktsional foto kamerani ishlab chiqarishdi. Ushbu miniatur foto kamera dunyoda eng kichkina kamera nomini oldi.
Xajmining kichkinaligiga qaramasdan, moslama ishlatishda juda oson, yana u nafaqat suratga oladi, balki u videoga ham olish imkoniyatini beradi.
Kamerada avtofokus va 2 Mp ga teng matritsa joylashgan, shu tufayli u 1600 x 1200 o`lchamdagi rasm va 640 x480 o`lchamdagi videoga olish imkoniyat mavjud.
Kamera korpusida microSD-kartalar (32 Gb gacha) uchun maxsus joy bor. O`zining 2 Gb xotira kartasi miniatur foto kamera komlektiga kiritilgan.
Miniatur kamera yordamida tasvirga olinadigan rasm va videolar, komplektda birga keladigan karta xotirasida saqlanadi. Bu kamplektda yana miniatur foto kamerani bilakda osib yurish uchun kamar ham bor, bu kamar orqali miniatur foto kamerani har doyim tayyor holda ushlab yurish imkoniyatini beradi.
Kamerani personal komp`yuterlarga (Windows, Mac) yoki mobil moslamaga USB 2.0 interfeysiga kabel yordamida ulash mumkin. Miniatur foto kameraning akkumulyatori yoki batareyasi zaryadi 30 daqiqa ishlashga etadi. Batareyasini zaryadlash uchun esa 1 soat vaqt ketishi mumkin.
nimani xam uylab topishmaydi,ajoib
бундай махсус камера оркали инсон боласи кора олмайдиган нарсаларни кора олса булади
Shuyam kamerami? A bu kamera bilan to’ylani qanaqa qilib syomka qiladi?
шунакаям камера буладими, ундан курам уяли телефоннлани камерасини ишлатиш яхшику
Qayerdan topsa bo’ladi, sim karya tushadimi?
Xitoydan zakaz qilin, u yerda hamma narsa bor)