Muhandislar 3D-printer yordamida jihozlarni teleport qilishni o`ylab topishdi (+video)

Muhandislar 3D-printer yordamida jihozlarni teleport qilishni o`ylab topishdi (+video)

Germaniyaning Xasso Plattner Institutida 3D-printer yordamida masofaga jihozlarni teleport qilish moslamacining na`munasi namoish etildi. Moslamani “Yulduzli yo`l” serialining teleportatsiya operatori sharafiga “Skotti” deb nomlashdi.

Tizimning ishlash printsipi juda oson: birinchi 3D-printer “Makerbot Replicator” fotokamera yordamida jihozni rasmga oladi, uni yo`q qiladi va olingan ma`lumotni ikkinchi printerga jo`natadi, ikkinchi printer esa jihozni chiqaradi.

Foydalanuvchi faqatgina jihozni tizimga joylashtirib, qabul qiluvchini belgilab va “Jo`natish” tugmasini bosishi lozim. Muhandislarning ta`kidlashicha, loyihaning maqsadi jihozlarni noyobligini saqlashdir.

Hozirda muhandislarni birgina muammo ya`ni qaroqchilikning kuchayishi havotirga solmoqda. Chunki mazkur printer orqali noqonuniy jihozlar tarqalib ketishi mumkin.

Mazkur moslamaning qobiliyatlari cheklangan bo`lib, faqatgina plastmas bilan ishlaydi va aynan qora ranglarda bo`ladi.

*Manba

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social