Hozirgi kunda aktiv hayot tarzini olib boruvchi inson uchun zamonaviy texnologiyalar va internetsiz hayotini tasavvur etish qiyin.
Axborot barchaga hamma vaqt va har joyda kerak. Va hozirda ma`lumotlarni imkon qadar tez olish va uni qayta ishlash uchun juda kup maxsus moslamalar mavjud.
Bularning ichidan eng mashhurlarini aytib utish mumkin: uyali telefon (smartfon yoki kommunikator), noutbuk yoki netbuk va planshet komp`yuterlar. Bizga faqat o`z ehtiyojimizga qarab bularning ichidan tanlash imkoniyatimiz bor.
Hozirgi kunda eng ko`p qo`llanilayotgan (modniy) devays – bu planshet komp`yuterlari hisoblanmoqda. Apple kompaniyasi iPad ni sotuvga chiqara boshlaganidan keyin, ko`plab elektron uskunalarni ishalb chiqaruvchilar planshetlarni ishlab chiqarishni ma`qul ko`rishmoqda. Bu moslama barcha internet servislaridan foydalana olish uchun, matn terish, rasm va videolarni tamosha qilish, qolaversa video o`yinlarni o`ynash imkonini beradigan juda qo`lay moslama bo`lib hisoblanadi. Ammo bu moslama noutbuk va netbuk bajaraoladigan vazifalarning barchasini ham qilaolmaydi. Planshetni – katta diagonalli ekranli smartfonga o`xshatsak bo`ladi.
Netbukni qarab o`taylik. Boshida noutbuning kichkina ukasi deb hisoblanayotgan netbuklar faqat global tarmoq resurslaridan foydalanish uchungina ishlab chiqarilgan edi xalos. Bu erdan uning nomi ham kelib chiqqan ( «net» – inglizcha network – tarmoq so`zining qisqartmasi, «buk» – inglizcha notebook – noutbuk so`zidan). Birinchi netbuklar o`zlarining ishlash kuchi bilan unchalik ham ajralib turmas edi. Birinchi netbuklarda matn terish, veb sahifalarni ko`rish mumkin bo`gan halos, boshqa amallarni qilish qiyin bo`lgan.
Vaqt o`tishi bilan ularning imkoniyatlari ko`paya boshladi. Hozirgi vaqtga kelib ularning ishlash tezligi noutbuklarniki bilan tenglashib bormoqda. Ularning xajmi noutbuklarnikidan ancha kichik va ularni istalgan joyga o`zingiz bilan olib yurish juda qulay. Ular etarlicha avtonom ishlash imkoniyatiga ega, bazi birlari elektor quvvatiga ulanmagan holatda 12 soatgacha ishlay oladi. Netbuklar yordamida shaxsiy komp`yuterlar bajaraoladigan barcha ammallarni bajarish mumkin, faqat bazi bir o`yinlarni inobatga olmaganda. Ularda internetga ulanish uchun barcha imkoniyatlari majud, bu esa bizning doimo onlayn da bo`lishimiz uchun juda qulay. Hozirgi kunda netbuklarning turli hil rangdagi va dizayndagi turlari mavjud. Yana bir ahamiyatli taraflaridan biri – bu narxi. Yaxshi netbukning narxi, juda yaxshi smartfonning narxi bilan teng.
Shunday qilib netbuk – bu nima? Netbuk – bu modaga ergashishning eng foydali va qulay tarafi. Netbuk bilan zamonaviy aktiv inson yanada zamonaviy ko`rinadi. Kimga ish uchun kerak bo`lsa, o`zlari uchun qo`lay, ko`p imkoniyatlarga ega va eng muhumi istalgan joyga o`zlari bilan olib yurishlari uchun juda qo`lay bulgan moslama.
netbuk foydasi noutbukga qaraganda kamroq
lekin netbuk arzonroq turadiyu
Rahmat