Final nemischa bo`ladi (+video)

Final nemischa bo`ladi (+video)

30 aprel` va 1 may kunlari Evropa Chempionlar ligasining yarim final javob uchrashuvlari  bo`lib o`tdi va Madridning  “Real” klubi Dortmundning “Borussiya” klubini qabul qilgan bo`lsa, “Barselona” o`z uyida “Bavariya” ni qabul qildi.

Ta`kidlash joizki, birinchi o`yinning 80 daqiqasigacha jamoalar garchi ko`plab xavfli hujumlar uyushtirishgan bo`lsalar-da, bir-birlarining darvozalariga yo`l topa olmadilar.

Nihoyat o`yining 83 daqiqasida “Real” hujumchisi Benzema raqib darvozasiga to`p kiritib hisobni ochdi. Oradan 5 daqiqa o`tib Ramos “Borussiya” darvozasiga ikkinchi to`pni kiritdi. Kiritilga ikki gol “Real” muhlislarining deyarli so`nib qolgan umid uchqunlarini qayta jonlantirdi. Ammo ”Real” ga uchinchi golni urish  nasib etmadi. Hisob 0:2.

Madridda bo`lib o`tgan javob bahsida 0:2 hisobida “Borussiya” mag`lub bo`lganiga qaramay, dastlabki o`yindagi 4:1 hisobidagi g`alaba evaziga Dortmundning “Borussiya” klubi final yo`llanmasini qo`lga kiritdi.


Evropa Chempionlar ligasining yarim final javob uchrashuvlari doirasidan o`rin olgan ikkinchi o`yinda  Nou Kamp stadionida “Barselona” – “Bavariya” ni qabul qildi. 

Birinchi bo`limda tomonlar darvoza dahlsizligini saqlab qola olishdi. Ikkinchi bo`limda gollandiyalik hujumchi Ar`en Roben o`yinning 48-daqiqada hisobni chiroyli tarzda ochdi. Kutilmaganda 72-daqiqada Pike avtogol muallifiga aylandi. Bu ham etmagandek, 76-daqiqada Myuller “Bavariya”ning uchinchi golini kiritdi. 0:3. O`yin ohirgacha hisob o`zgarmadi.


Shunday qilib, “Nou Kamp ” stadionida “Barsa” mag`lubiyatga uchradi. Javob uchrashuvida  ham nemis klubi yirik g`alabani qayd etdi va haqli ravishda finalga yo`l oldi.

Final esa ikki nemis klubi ya`ni “Borussiya” va “Bavariya”niki bo`ldi.

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gol

    кеча испан клубларига рахмим келди, айникса Барсага! энди финал немисча булади, анчадан бери бунакасини курмагандик smile

  2. Номаълум

    Roben nimaga boshini ushab turibdi? yoki barsani yutganinga ishonmayapsanmi?

  3. 159

    roben kechagi urgan golidan keyin haliyam uziga kemagan shekilli smile

  4. Lochin

    barsa u all misses final match

  5. Messi

    kechagi uyinda ikkita Messi bugandayam Barsani mag’lubiyatdan qutqarolmasdi

  6. a

    баварияни урса бир гол уради деб уйлагандим, лекин 3 гол урушини тахмин хам килишга курккандим, энг киззиги Пикенинг уз дарвозасига урган голидан кейин Барсага рахмим кела бошлади, билмадим нимага, балки испан клублари даври тугаётганига буса к-к

  7. rustam

    afsus na real na barsa chiqolmadi,lekin Borussia va Bayern urtasidagi uyin xam daxsht buladi shekili laugh

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social