Har qanday texnikaning yaroqlilik muddati chegaralangan, smartfonlar ham bundan mustasno emas. Yangi sotib olingan telefon batareyasi avvaliga bir necha kunga yetishini payqagandirsiz? Lekin, vaqt o‘tib, telefon akkumulyatori borgan sari kamroq vaqt ishlay boshlaydi. Quyida telefon zaryadini uzoq muddat xizmat qilishi uchun yordam beradigan layfxaklar bilan bo‘lishamiz.
Batareya eskirishini tezlashtiradigan omillar mavjud:
Harorat
Litiy-ion batareyalari sovuqni yoki haddan tashqari issiqlikni yoqtirmaydi. Ular uchun optimal harorat xona haroratidir. Shuning uchun telefonni quyosh nuri ostida qoldirish va qattiq sovuqda energiyani tez sarflaydigan dasturlardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari, smartfonni 0 darajadan past haroratda zaryadlash mumkin emas. Demak, qishda uyga qaytishingiz bilan smartfonni zaryadkaga ulashga shoshmang. Unga xona haroratida isishi uchun biroz vaqt bering.
Zaryadkadan noto‘g‘ri foydalanish
Agar telefoningizni to‘xtovsiz ishlatib, keyin uni kechasi zaryadkada qoldirishga odatlangan bo‘lsangiz, batareya muddatidan oldin ishdan chiqishi aniq. Mutaxassislar 100 foizgacha tez-tez zaryad qilishni va telefon quvvati 0 gacha tushib ketmasligiga ahamiyat berishni tavsiya qiladi. Eng maqbuli — batareyani 80 foizgacha quvvatlash va uning darajasi 20 foizdan pastga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Doimiy powerbank ishlatish
Telefon quvvati qisqa muddatda kamayib ketmasligi uchun siz ekran yorqinligini kamaytirishingiz, og‘ir ilovalar va VPN’larni ishlatganingizdan so‘ng darhol o‘chirib qo‘yishingiz, smartfoningiz dinamiklari orqali emas, balki naushniklarda musiqa tinglashingiz mumkin. Bluetooth va Wi-Fi ulanish modullarining bekorga yoqilib turishini bartaraf etish ham akkumulyator uzoq vaqt xizmat qilishini ta’minlaydi.
Рахмат, жуда фойдали маълумотлар
Telefonim tez tez o’chib qoladi, ko’p o’yin o’ynayman, shungami?
Албатта, уйинла энг тез батареяни кетказадиган нарсалар
Hozirgi telefonlani batareyasi nima qisezam tez ketadi, 4unki internet va ilovala kup zaryad yeyiwadi
Тури этас Азиза, кечаси вайфайни учириб колдирсезам, батарея кетади, чунки иловала ишлашни давом эттиришади
Рахмат
Juda foydali, raxmat
Telefonim Redmi 6 pro, nega tez zaryadi ketadi?
Yengi telefon olin Sardor
Normalniy javob yoz, debil
batareykasini almashtirib ko’ring
Pro 6 batareykasi uzi bush juda
rahmat
Telefonim ishlamayapti, nima qilsa bo’ladi?
Rahmat, juda foydali bo’ldi
Rahmat