Skype yaratuvchilari yangi messendjer “Wire” ni taqdim etdi

Skype yaratuvchilari yangi messendjer “Wire” ni taqdim etdi

Skype yaratuvchilaridan biri Yanus Friis (Janus Friis) va jamoaning eski vakillari Mac OS X, iOS va Android platformalari uchun yangi Wire messendjerini ishlab chiqarishdi.

Ma`lumotlarga qaraganda Wire messendjeri smartfonlarda mashxur bo`lgan WhatsApp, Slack va hattoki Skype messendjerlariga raqib bo`lishi mumkin. Munosabatlar va munozaralar tet-a-tet yoki guruhda bo`lishi mumkin. Wire foydalanuvchilari chat oynasida YouTube dan videolar, SoundCloud dan musiqalar va suratlar bilan bo`lishish imkoniyatlariga egalar.

Shuningdek, Wire da ovozli ko`ng`iroqlari ham mavjud bo`lib, ovozning sifati eng yaxshi xususiyatiga ega. Videoko`ng`iroqlar hozircha yo`q, biroq kompaniya vakillarining aytishlaricha ularni kelajakda ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Wire messendjer Mac OS X, iOS va Android larga bepul yuklab olish mumkin. Keyinchalik veb-versiya HTML5 da ishlab chiqarilishi va Windows uchun ham ishlab chiqilishi kutilmoqda.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social