Smartfonlarning buzilishi bilan bog‘liq holatlar ko‘pincha eng kutilmagan vaqtda sodir bo‘ladi. Bu, ayniqsa, kerakli ma’lumotlarni saqlab qo‘ymaganlar uchun katta muammo tug‘diradi. Ammo muddatidan oldin buzilishlarning oldini olish mumkin bo‘lgan belgilar ham mavjud. Ulardan boxabar bo‘lgan holda apparatning “sog‘ayishi” uchun barcha choralarni ko‘rib qo‘ysa bo‘ladi. “Hi-Tech.Mail.ru” bu boradagi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.
Sensordagi nuqsonlar
Telefonga teginilganda sensor oldingidek ishlamasa, masalan, bitta belgiga bosilsa, umuman boshqasi ochilsa yoki telefon vaqti-vaqti bilan barmoqni sezmay qolsa, bu sensor yoki telefonning quvvatlanishida jiddiy muammolar borligini anglatadi. Sig‘imning o‘zgarishi va sensorning noto‘g‘ri ishlashiga olib keladigan toklar ertami-kech quvvatlantirish muammolarini yuzaga keltiradi hamda smartfonning buzilishiga sabab bo‘ladi.
Telefonning qizib ketishi — sababsiz haddan ortiq qizishi ham smartfonning tez orada buzilishidan dalolat beradi. Agarda telefon muntazam foydalanish davomida, masalan, o‘yin yoki filmlar tomosha qilish vaqtida qizisa — bu normal holat. Ammo telefon sababsiz qiziy boshlasa, bu kontrollerning yeyilgani yoki batareyaning quvvatlantirish zanjirida muammolar borligini bildiradi.
Shuningdek, bunga kontrollerning telefondagi “ona-plata” bilan yomon aloqasi sabab bo‘lishi mumkin. Bu esa energiya sarfining ortishiga olib kelib, o‘z navbatida qurilmaning qizishini yuzaga keltiradi. Bularning barchasi apparat tez orada ishdan chiqishiga dalolat bo‘la oladi.
Suratlardagi artefaktlar
Agarda suratga olish vaqtida turli artefaktlar paydo bo‘la boshlasa yoki suratlar xatolik bilan ko‘rinsa — smartfon ichidagi ma’lumotlardan nusxa olib qo‘yish vaqti yetdi degani. Ko‘pincha bu flesh-xotiraning yemirilishi sabab yuzaga keladi. Ma’lumotlar yoziladigan NAND xotiradagi bo‘lmalar vaqt o‘tgan sari yemirila boshlaydi va vizual ma’lumotlarni xatolik bilan saqlashga o‘tadi. Biroq bu faqat boshlanishi. Axir ushbu bo‘lmalar nafaqat suratlar, balki tizim ma’lumotlari ham saqlanadi.
Xotira “so‘nayotgani”ning yana bir belgisi — mobil dasturlarning tez-tez to‘xtatib qo‘yilayotgani haqida xabarlar, shuningdek, kutilmaganda o‘chib-yonishlar yoki mustaqil ravishda telefonning o‘chib qolishi.
Smartfon ichiga namlik kirishi
Agarda smartfon suvda yoki boshqa istalgan suyuqlikda uzoq vaqt qolib ketgan bo‘lsa, bu uning tez orada “o‘lishi”ni bildiradi. Qurilma qanchalik quritilmasin, “cho‘milish”dan so‘ng, uning “plata”sidagi kontaktlar zanglashi boshlangan bo‘ladi.
Gap shundaki, zamonaviy mikrosxemalarning aksariyati past haroratda eruvchi metallardan ishlanadi va bu oz miqdordagi suv bilan ham tezda oksidlanishga kirishadi. Har qanday oksidlanish mitti elektron qurilmalar uchun halokatli va vaqt o‘tishi bilan uning buzilishiga olib keladi. “Plata” servis markazda professional qurilmalardan foydalanilgan holda tozlansa — kimyoviy quritish va ultratovushli vannadan o‘tsagina, oldingidek ishlashi mumkin bo‘ladi.
Xulosa
Smartfon bilan yuzaga kelgan har qanday muammoda eng asosiysi — uni servis markazga olib borishni kechiktirmaslik. Gadjet qisman soz holatda bo‘lganida professionallar muammoni oson topadi va ta’mirlash ham arzon tushadi. Agarda smartfon umuman yonmay qolsa, ustalar “o‘lik” gadjet bilan ishlashga va mustaqil ravishda muammoni topishga majbur bo‘ladi.
telefonim yoqilmayapti, nima qili?
зарядкаси бомиди? канака телефон?
yoqildi, ustaxonada qibberiwdi
а яхши
prikkol
нимага унака булади узи?