Power Pocket kompaniyasi dastlabki va o`ziga xos Power Shorts shortik va uxlash uchun mahsus qoplarni ommaga taqdim etdi. Bu maxsulotlarning ajoyib xususiyati esa, inson tana harorati orqali batareykalarni, smartfonlarni va boshqa turdagi texnika vositalarini zaryadlash mumkin. Bunday yangilik Vodafone va Sauthampton universitetining mutaxasislari tomonidan ishlab chiqildi.
Muxsus shortikda gubkasimon pezoelektrli material va smartfonni zaryadlovchi maxsus adapter o`rnatilgan. Qachonki inson harakatda bo`lsa, bu maxsus shortik elektr zaryadini to`playdi. Ya`ni, shortik ustki qismida joylashgan maxsus material elektr tokini bir joyga yig`adi. Shu bilan, kun davomida yig`ilgan elektr toki orqali uyali telefonni 4 soat ishlashi uchun etarlicha zaryad yig`ish mumkin ekan.
Sleeping Bag uxlash uchun mo`ljallangan maxsus qop esa Zebeke deb nomlanuvchi effektni amalga oshiradi, ya`ni tana harorati o`zgarishiga qarab elektr quvvatini yig`adi. Sleeping Bag qopi maxsus polimer plyonka bilan qoplangan va shu plyonkalar inson tanasining issig`idan qiziydi va shu orqali elektr tokini ishlab chiqaradi. Bir tun davomida maxsus qop ishlatilsa, 11 soatgacha zaryadkasi etadigan smartfonni zaryadlash mumkin bo`ladi.
Super, odamlarning kallasiga qoyil lekin, shuniyam o’ylab topishibdi
manga kupro shorti yoqdi + bonusiga qizziyam berarminkin?
Hahaa)) Endi qizzi bermasa kerak