Sony “selfi” sevuchilari uchun smartfon chiqardi (+video)

Sony “selfi” sevuchilari uchun smartfon chiqardi (+video)

Sony yangi Xperia C3 smartfonini anons qildi, uning asosiy xususiyati bu 5 megapikselli old tarafdagi kameradir. Ushbu kamera “yumshoq” svetodiodli fotoyoritkichga ega. Moslamani ishlab chiqarilish maqsadi – bu avtoportretli rasmlarni olishni sevadigan insonlar uchundir. Asosiy kamera oldingi kameradan ko`ra kattaroq megapikselga ega – 8 MP.

Xperia S3 plastik korpusdan iborat bo`lib, faqatgina uch ranglarda qora, oq va “yalpiz” – yashilning ochrog`i ranglarida bo`lishi mumkin. Moslamaning qalinligi 7,6 mm, vazmi esa 150 gramm. Moslama zamonaviy ma`lumotlarni jo`natish tezligiga (internet tezligiga) javob beradi va 4G/LTE tarmog`iga ega. Hamda ikki SIM-kartali varianti ham mavjud.

Moslamaningning xususiyatlari quyidagilardan iborat: 5,5 dyuymli ekran, HD ruxsat (1280 X 720 nuqtalar), 4-yadroli protsessor 1,2 GGts Qualcomm, 1 GB operativ xotira, o`rnatilgan 8 GB xotira (hamda microSD kartalar 64 GB gacha) va akkumulyator 2 500 mA*ch.

Smartfonga rasm olish uchun va avtoportretlar bilan keyinchalik ishlash uchun ilovalar o`rnatilgan. Ayniqsa AREffect ilovasi selfi-rasmlarga qaroqchilar shlyapalarni yoki ko`zlardan lazer, makkiyaj effekti, hamda har xil animatsiyalarga ega. Shuningdek, olingan rasmlarni ba`diy qilish uchun ilovalar mavjuddir.

Ushbu smartfon shu yilning avgust oyida sotuvga chiqadi, ammo uning narxi hozircha belgilanmagan.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social