Sony – Vaio 3D sotuvga fevral oyining oxirida sotuvga chiqadi. Sony o`zining mashxur noutbuki Vaio ni 3D bilan ishlab boshlashi xaqidagi xabar o`tgan yilning kuzida tarqalgan edi. Bugun bu noutbukning texnik ta`minoti va sotuvga chiqish haqidagi bir qancha ma`lumotlar aniq bo`ldi.
Shunday qilib Sony ning 3D texnologiyasi bilan ishlovchi Sony Vaio F fevral oyining oxirida sotuvga chiqadi. Uning taxminiy narxi 2900 AQSh dollari deb baholanmoqda. Azaldan Vaio noutbuklarini boshqa noutbuklar bilan solishtirganda arzon deb aytib bo`lmas edi, hozirda ham Vaio har doyimgidek qisman qimmat bo`lib kelmoqda. Noutbuk aktiv 3D texnologiyasida ishlaydi, shu sabab agar katta hajmli videolarni tomosha qilmoqchi bo`lsangiz maxsus ko`zoynak taqishingizga to`g`ri keladi. Vaio F ga HD formatga moslangan 16 dyumli displey o`rnatilgan bo`lib, uning yangilanish chastotasi 1 sekundda 240 kadrga etadi. Bu esa bizning har bir ko`zimizga oddiy standart bo`lib qolgan “sekundiga 60 kadr”dan har bir ko`zimizga 120 kadrga kupaydi. Bu o`zgarish ko`zimizga ancha foydali.
3D videolar hali ancha kamligi sabab, 2D formatli videolarni 3D ga o`zgartiruvchi xizmatchi konverterlar ham ko`payib qolgan. 2D formatli videolarni 3D da real vaqtning o`zida konvertrlash odat bo`lib qolgan. Sony 3D noutbukida xam shunday funktsiya kiritilgan, uning korpusida shunday maxsus tugmacha joylashtirilgan. Bu tugmacha yordamida konvertatsiya jarayonini ishga tushurishingiz mumkin. Noutbukning ishlash tezligiga Intel i7 protsessori javob beradi, tashqi qurulmalar uchun esa maxsus tez o`tkazuvchan USB 3.0 porti o`rnatilgan. Noutbukning haqiqiy kuchini sinab ko`rish uchun uning sotuvga chiqishini kutib qolamiz.
во ажабо, энди 3D ноутбуклар чикяптилар! кейин балки 3D iphone буладими?
yaxshi endi 3D kinoteatrlarga borish kerak emas,uyda utirib 3D filmlarni kursa buladi. lekin shu noutbook ja qimmat ekan? uyliman bir 5 yildan keyin narxi tushib qolar?
Юлдуз у пайтгача ундан хам яхширок ва арзонрок ноутбуклар чикиб колади. Sony ни кутиб утирманг
Вообще киммат экану бу
yahshi kolongala sotvosang domashniy kinoteatr qo’l ostida. Yoqi 2900 dollarni so’mga aylantirsa, tahminan 8120000 so’m bolarkan. Kinoga tushish 10000-12000 so’m turadi. Demak, ikki yil davomida har kuni kinoga tushish mumkin ekan. Sonyga gap yo’q. ZO’r brend.
shu pulga albatta arziydi, lekin birinchi uylash kerak qaerdan shuncha pul olsa buladi?
Nosirga: Bankdan kredit oling!
qarz bulishni yomon kuraman
qarzdan kurkish kerak emas, qarznlardan kutilish kerak…
Sony- bu sonyda baribir! har qanday pulga arziydi, albatta busa agar
mana uzbekistonga xam 3D – 5D kelyapti. rosa rivojlanyapmizda