Ilon Mask anchadan beri Twitter’da uzunroq tvitlar yozish imkoniyatini yaratilishini va’da qilib kelayotgan edi va u o’z so’zining ustidan chiqdi. Endi platformada 4000 ta belgili postlar yozib qoldirish mumkin.
Twitter endi bitta post uchun belgilar soni 4000 tagacha oshirilganligini e’lon qildi. Biroq, bu faqat Blue oyli obunasi foydalanuvchilari uchun, ya’ni siz uzunroq tvitlar yozish uchun pulli obunaga ega bo’lishingiz kerak. Qolaversa, funksiya hozircha faqat Amerikada ishlaydi.
Ma’lum bo’lishicha, uzun tvitlar uchun ham ko’plab standart funksiyalar ishlashda davom etadi. Masalan, siz bunday tvitlarga rasmlar biriktirishingiz, ularda heshteglardan foydalanishingiz yoki ular bilan so’rovnomalar yaratishingiz mumkin. Ammo hozircha Twitter’ning veb-sahifasida uzun tvitlarni qoralama (draft) sifatida saqlash yoki keyinroq yuborish uchun rejalashtirishning iloji yo’q.
Shuningdek, Blue obunasi egalari uzun tvitlarni boshqalarning postlariga izoh yoki javob sifatida yozishlari mumkin. Albatta, Twitter’ning pulli obunasiga ega bo’lmaganlar ham uzun tvitlarni o’qishlari, ularga izoh qoldirishlari, javob yozishlari va ularni o’zlari uchun retvit qilishlari mumkin.
Ta’kidlash joizki, uzun tvitlar lentada qisqa tvitlar kabi ko’rinadi, ya’ni ular 280 belgidan so’ng yopilgan holda paydo bo’ladi. Ularning davomini o’qish uchun “Show more” tugmasini bosish kerak bo’ladi.
Ma’lumot o’rnida shuni aytish kerakki, bu Twitter birinchi marta postlar uchun belgilar sonini oshirayotgani emas. 2017-yilda platformada tvit qoldirish uchun belgilar soni 140 tadan 280 tagacha, ya’ni ikki barobarga ko’paytirilgan edi.
280 таям етарли эди
Kimdur twitterda haliyam utiradimi?
Salom alaykum, man twitterga kirmiman, qizumas
Ilon Mask kelib hammasini pulli qivotti
Twitter yoqardi oldin
Kimga kere?