Krishtianu Ronaldu poker qayd etgan o‘yinda “An-Nassr” raqibini tor-mor etdi

Krishtianu Ronaldu poker qayd etgan o‘yinda “An-Nassr” raqibini tor-mor etdi

Futbol bo‘yicha Saudiya Arabistoni chempionatining 16-turida “An-Nassr” 9-fevral, payshanba kuni “Al-Vahda” bilan bahs olib bordi.

Uchrashuv 4:0 hisobida “An-Nassr”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. To‘rttala gol ham Krishtianu Ronaldu hisobiga yozildi. Qayd etib o‘tish joiz, Jaloliddin Masharipov o‘yinda 83 daqiqa harakat qildi.

“An-Nassr” ochkolari sonini 37 taga yetkazib, musobaqa peshqadamligini qo‘lga oldi.

Saudiya Professional Ligasi

16-tur bahsi

9-fevral, payshanba

“Al-Vahda” – “An-Nassr” 0:4

Gollar: 0:1 – 21 Ronaldu, 0:2 – 40 Ronaldu, 0:3 – 53 Ronaldu (penalti), 0:4 – 61 Ronaldu.

“Al-Vahda”: Atiyya, Kurdi (Al-Jayzani, 76), Duarte, Makki (Aljayzani, 62), Havsavi, Fajr, Bakshuin, Anselmo, Al-G‘amdi (Yoda, 46), Rodrigesh (Al-Issa, 74), Naji (Nur, 63).

“An-Nassr”: Al-Akidi, Al-G‘anam (Al-Avjami, 68), Madu, Al-Amri, Konan (Abdulla, 76), Luis Gustavo, An-Naji (As-Sulayhim, 75), Al-Haybari (Al-Hassan, 68), Ronaldu, Masharipov (Maran, 83), Garib.

Ogohlantirish: Yoda (77).

Kommentlar: 10 komment. 10 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. GOAT

  2. 38 yowda bunaqa gollarni uriw! Bravo

  3. Тимур

    Месси все равно лучше cool

  4. Sayfulla

    Ronaldu number 1

  5. Umarbek

    no no no

  6. crazy kloun

  7. Nu tak sebe

  8. KriRo7 cool

  9. GOAT cool

  10. Mansurbek

    gamer4

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social