Viruslar-Biz yana qaytamiz!

Agar sizning komp`yuteringizda antivirus deb nomlanuvchi ajoyib bir dastur turgan bo`lsa, Siz komp`yuteringizning havfsizligi uchun juda xotirjam bo`lsangiz kerak, ayniqsa agar bu antivirusingiz litsenziyalangan va uni sotib olgan bo`lsangiz. Shunday qilib Siz internetda bemalol sayr qilib yuribsiz, do`stlaringiz keltirgan har qanday fleshkani ham komp`yuteringizga hech ikkilanmasdan ulaysiz. Siz antivirusingizga butunlay ishonib qolgansiz. O`ylab ko`ring, bu aniq shundaymi? Men bu erda qaysi antivirus yaxshi, qaysi biri yomon degan baxsni boshlamoqchi emasman. Aytmoqchimanki, komp`yuter va undagi barcha ma`lumotlar ishonchli himoya ostida bo`lishlari kerak. O`ylaymanki bu fikrimga qo`shilasizlar.

Viruslar har doyim yaratilib kelingan, balkim mana hozir ham kimdir «Yandeks» da «Kak napisat` virus za 15 minut» yoki «Sozday svoego troyana» so`rovlarini qidirayotgan bo`lsa kerak, bu bo`yicha qo`llanmalar judayam ko`p. Agar Siz ham bu kabi zarar keltiruvchi dasturlar ixtirochilari safini to`ldirishni istayotgan bo`lsangiz, ogohlantirib qo`ymoqchiman: birinchidan juda aqlli virusni yaratish oson emas, buning uchun Siz juda iste`dodli dasturchi bo`lishingiz kerak. Ikkinchidan, buning oqibatida qonuniy javobgarlikga tortilishingiz mumkin. Muhumi, bu bilan Sizga nimani bildirmoqchiman – hech qanday bir antivirus Sizning komp`yuteringizni 100% himoya qilaolmaydi. Sababi antiviruslar butun jaxon o`rgimchak to`rida tarqalayotgan yangi viruslarga taqqoslaganda, bazalari juda kam hollarda yangilanadi.

Nima qilish kerak? Boshlanishiga bepul onlayn – dasturlar yordamida o`z shaxsiy  komp`yuteringizni tekshirib ko`rishingiz mumkin. Agar Sizda juda yaxshi antivirus o`rnatilgan bo`lsa ham, baribir tekshirishingiz lozim. Agarda shubxali fayllar bo`ladigan bo`lsa, albatta ularni bir nechta antivirus bilan tekshiring. Misol uchun mana bu manzil orqali: http://www.virustotal.com/  shubxali fayllaringizni tekshirib qo`rishingiz mumkin. Bu manzilga yuklangan fayllar 43 ta antivirus tekshiruvidan o`tadi, agarda hech qaysi bir antivirus biron bir havf mavjudligini bildirmasa, bu faylingizdan qo`rqmasdan foydalansangiz bo`ladi.

Albatta bu usul faqatgina komp`yuteringizdagi qolgan barcha fayllaringiz zararsizligiga amin bo`lganingizdan keyin qo`llanishingiz mumkin. Chunki bir xil turdagi viruslar borki, ular jimgina o`tirib o`z ishini qilishda davom ettirishadi, qachonki siz komp`yuteringizni butunlay tekshirib, shu virusni topib bartaraf qilmaguningizcha. Faqat o`ylamang, bu shunchaki beayb, xech qanday bir zarari yo`q va uni tegishning xojati yo`q deb. Ehtimol bu virus Sizning komp`yuteringizda o`tirib, kimgadir Sizning parollaringiz, yoki ekran rasmlarini jo`natayotgan bo`lishi mumkin, balkim u muhim bo`lgan ma`lumotlaringizni o`chirib, yo`q qilayotgan bo`lishi ham mumkin. Sizning elektron manzilingizdan kimlargadir spam jo`natayotgan yoki bo`lmasa boshqada bir yo`llar bilan komp`yuteringizga zarar keltirayotgan bo`lishi mumkin. Shu sabab, barcha viruslardan qutilishingiz lozim.

Shuning uchun mana bu manzillar yordamida o`z komp`yuter tizimingizni tekshirib ko`ring:

BitDefender: http://www.bitdefender.com/scanner/online/free.html
ESET Online Scanner: http://www.esetnod32.ru/.support/scanner/
Panda: http://www.pandasecurity.com/homeusers/solutions/activescan/?
F-secure: http://www.f-secure.com/en_EMEA-Labs/security-threats/tools/online-scanner
Trendmicro http://housecall.trendmicro.com/uk/
Kaspersky Virus Removal Tool 2011: http://support.kaspersky.ru/viruses/avptool2011?level=2
Dr.Web CureIt! http://www.freedrweb.com/cureit/?lng=ru

Bu onlayn xizmatlar nafaqat komp`yuterlaringizni tekshiribgina qolmasdan, balkim kerak bo`lganida, uni davolashi ham mumkin.

Internet tarmog`ida bexatar sayohat qiling!

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Сабиноз

    Спасибо за полезную инфу. Мен оно очень помогло

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social