Vivo kompaniyasi ichidan meteorit bo‘lagi o‘rin olgan X Note Aerospace nomli maxsus smartfonini taqdim etdi

Vivo kompaniyasi ichidan meteorit bo‘lagi o‘rin olgan X Note Aerospace nomli maxsus smartfonini taqdim etdi

Vivo kompaniyasi qutisiga noyob sovg‘a solingan smartfonini sotuvga chiqardi, deb xabar beradi GizmoChina.

Orginal X Note smartfonidan sezilarli darajada farq qilmaydigan Vivo X Note Aerospace’ning qutisi ichidan maxsus ilgak o‘rin olgan bo‘lib, unga Oy meteoritining bo‘lagi joylashtirilgan. Ushbu noodatiy “tosh” NWA11444 nomli qayta ishlanmagan meteoritdan qirqib olingan va shisha sharcha ichiga joylashtirilgan.

Smartfonning o‘zi esa haqiqiy gigant. Qurilmaga tomonlar nisbati 21:10 bo‘lgan QHD+ (3080 x 1440 pikel) sifatni qo‘llab-quvvatlovchi 7 dyuymli AMOLED Samsung E5 displeyi o‘rnatilgan. Shuningdek, displey 120 gertsi tasvir yangilanishi chastotasi va 1500 nit maksimal yorug‘likni ta’minlay oladi. Ekran DispleyMate A+ sertifikati va ultratovushli 3D barmoq izi skaneriga ega.

Vivo X Note Aerospace versiyasiga Snapdragon 8 Gen1 protsessori o‘rnatilgan. U 12/256 gigabayt kombinatsiyada 7,5 ming yuandan (1177 dollar) taqdim etiladi. Maxsus model faqat ko‘k rangda bo‘lib, uni yaratishga China Aerospace aerokosmik fan va texnologiya korporatsiyasi jalb etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning sentabrida Vivo tasvirni qayta ishlovchi maxsus chipga ega X70 Pro+ kamerafonni taqdim etgandi.

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    и че бу тош билан килиш кере? ётади бурчеда, тупо маркетинг

  2. Adiba

    rofl rofl rofl Timur qoyillatila

  3. Feruzbek

    estalide, 4isto na pamat laugh

  4. Тимур

    все равно керемас

  5. Davron

    rofl rofl rofl ржу

  6. Vivo

    normalniy telefon, 4o vi srazu

  7. Otabek

    mana vivoham kepti kommentlaga rofl

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social