Agarda sizda Wi-Fi routeri bo’lsa, demak bu sizga tegishlidir. Internet ishlamay qolganda, moslamani tokdan o’chirib, bir necha daqiqa kutib va qayta yoqish kerak. Keyin internetingiz ishlashda davom etadi. Nima uchun bu kerak?
Router bu kichkina kompyuterga o’xshaydi: unda ham xotira, protsessor va operatsion tizim bor. Demak, uni ham vaqt-vaqti bilan qayta yoqish kerak bo’ladi.
Ko’pgina internet ta’minlovchi kompaniyalar ma’lumotlarni jo’natish va qabul qilish uchun vaqtincha IP adres berishadi. Statistik adreslar juda qimmat bo’lib, ularni asosan katta korxonalar ishlatadi.
Shuning uchun sizning smartfon yoki noutbukingizning IP-adresi bir zumda o’zgarishi mumkin. Agarda router ushbu o’zgarishni ushlay olmasa, shunda u internetga ulana olmaydi. Shuning uchun wi-fi routerni qayta o’chirib-yoqish kerak bo’ladi.
Qancha ko’p moslamalarni biz tarmoqga ulasak shuncha sekinroq ishlashni boshlaydi. Bugungi kunda insonlar kamida 5-10 moslamalarni routerga ulab qo’yishadi, bu esa tarmoqning sekinlashiga olib keladi. Tezkor qayta o’chirib yoqish esa, yig’ilgan xotirani bo’shatadi. Bundan tashqari qayta yoqish vaqtida router eng kam traffikli kanal topishga harakat qiladi, bu esa moslamalarni tezrok tarmoqda ishlashiga imkoniyat berar ekan.
Shuning uchun tez-tez routerni o’chirib yoqishni unutmang!
Mening telefonimda wi fi yoqilmayapti wi fi korsatkishini bossam yoqilmayapti nima qilsam boladI?
Telefoningizni o’chirib va yana yoqib ko’ring!
Mening telimning wi-fi qochilmayapti. wi-fi korsatkishini bossam yoqilmaydi nima sababdan bunday bolib tur telimni qayta perezagrujka qilip ham kordim foydasi bolmayapti.nima qilishim kerak.
Men wi fi routerim ishlamayabdi tezligi juda past nima qilsam bo‘ladi
Wi-Fi ishlayapti lekin internetga kirmaypti nima qilish kerak
MENING WI QOTIB ISHLAYAPTI NIMA UCHUN
Salom Botirjon, o’chirib yoqib ko’rdingizmi?