30–40 yoshda nega yana 20 yoshdagidek yashagimiz keladi?

30–40 yoshda nega yana 20 yoshdagidek yashagimiz keladi?

“Yashalmay qolgan yoshlik” sindromi ko‘pchilikka, ayniqsa postsovet hududida ulg‘aygan odamlarga tanish. Ammo haqiqatdan ham o‘tkazib yuborilgan narsalarning o‘rnini to‘ldirish mumkinmi?

Voyaga yetgan davrda odamlar ko‘pincha kutilmagan paradoksga duch kelishadi: hayoti obyektiv jihatdan yaxshi kechayotgan, bolaligi yaxshi o‘tgan, ishi barqaror bo‘lsa ham, ich-ichidan qandaydir kuchli sog‘inch va bo‘shliq paydo bo‘ladi. Odamning o‘zi uchun ham kutilmaganda yorqin kiyimlar kiyishga, birdaniga sayohatga chiqib ketishga, raqsga borishga yoki hatto kasbini keskin o‘zgartirishga ishtiyoq uyg‘onadi. Tashqaridan qaraganda, buni o‘rta yosh inqirozi deb qabul qilish mumkin. Ammo aslida buning ortida boshqa bir hodisa — yashalmay qolgan yoshlik sindromi yashiringan bo‘lishi mumkin.

Bu qanday sindrom va u nimalarda namoyon bo‘ladi? Psixologiya fanlari nomzodi Elena Yarikova bilan birgalikda tahlil qilamiz.

O‘smirlik va kattalar hayoti o‘rtasidagi davr

Zamonaviy psixologiyada 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan davr alohida bosqich sifatida ajratiladi. Bu — xatolar va tajribalar, hissiy tebranishlar, o‘zini izlash, ba’zan ahmoqona ishlar qilish, romantik tajribalar o‘tkazish va tavakkal qilishga haqqingiz bor bo‘lgan davr.

Bu davrda inson endi ota-onasi oldida mas’uliyatli bola emas, ammo hali kattalar hayotining qat’iy chegaralari bilan ham bog‘lanib qolmagan bo‘ladi. Postsovet hududida esa butun boshli avlodlar aynan mana shu bosqichdan mahrum bo‘lgan. Tarixiy va madaniy tarbiya xususiyatlari sabab maktabdan kattalar hayotiga o‘tish deyarli bir zumda sodir bo‘lgan.

Bugungi 30–45 yoshli avlodda asta-sekin moslashib olish uchun vaqt bo‘lmagan. Ulardan darhol katta odam bo‘lish talab qilingan: tirikchilik qilish, pul topish, jamiyat kutgan narsalarga mos kelish, oilaga yordam berish va shunchaki hayotda omon qolish.

Natijada jismonan yoshlik o‘tib ketgan, ammo psixologik jihatdan u to‘liq yashab o‘tilmagan. Shuning uchun bugun katta yoshdagi odamlarni o‘tkazib yuborgan imkoniyatlarini to‘ldirish istagi shu qadar kuchli tortadi.

Bu injiqlik yoki yosh ko‘rinishga urinish emas. Bu — o‘z vaqtida olishning iloji bo‘lmagan narsalarni endi olishga bo‘lgan tabiiy ehtiyoj.

Sindromning kelib chiqishi

Tanqislik yoki omon qolish sharoitida insonda moslashuv rejimi ishga tushadi. Psixika resurslarni tejash va oqilona sarflash rejimiga o‘tadi: xavfsizlik, oziq-ovqat, boshpana, jamiyat tomonidan ma’qullanish.

O‘zini anglash, sayohat qilish va chiroyli hayot kabi “ortiqcha” narsalarga na imkoniyat, na resurs qoladi.

Bundan tashqari, postsovet davrida bo‘shashish ham unchalik ma’qullanmagan:

“Bekorchi bo‘lib yuraverma, ish qil.”

“Vaqt o‘tyapti, endi jiddiylashish kerak.”

“Odamlar nima deb o‘ylaydi yoki nima deydi?”

Bu qarashlar ichki to‘siq sifatida ishlagan. Inson jamiyat tomonidan ma’qullanish uchun o‘zining haqiqiy istaklarini bostirishiga to‘g‘ri kelgan.

Oliy ma’lumot, barqaror ish, oila qurish — hammasi go‘yoki reja bo‘yicha. Ammo bularning barchasi aslida insonning o‘zi xohlagan narsalar bo‘lganiga hech qanday kafolat yo‘q.

Nega buni bolalikdagi travma bilan adashtirish mumkin?

Inson voyaga yetgach hayotidan qoniqmayotganini his qilsa, avtomatik ravishda sababni bolaligidan izlay boshlaydi:

“Balki meni yetarlicha yaxshi ko‘rishmagandir?”

“Ehtimol, bu qandaydir psixologik travmaning oqibatidir?”

Ammo masalaning mohiyati boshqa bo‘lishi mumkin. Bolalik mutlaqo normal o‘tgan bo‘lishi mumkin. Muammo sizga bolalikda nima qilinganida emas, balki mustaqillikka ajralish va yoshlik davrida nimalarga ruxsat berilmaganida bo‘lishi mumkin.

Masalan:

Xato qilishga ruxsat berilmagan. Chunki xatoning narxi juda yuqori bo‘lgan.

Sho‘xlik qilishga ruxsat berilmagan. Chunki hamma uchun qulay bola bo‘lish kerak edi.

O‘zingizni izlashga vaqt berilmagan. Chunki “hamma qatori bo‘lish kerak”, qayerga ketayotganingiz esa unchalik muhim emas edi.

Yashalmay qolgan yoshlik bugun qanday namoyon bo‘ladi?

Yetuk insonning hayotida barqarorlik kuchayganda, psixika o‘z haqqini talab qila boshlaydi. Bu turli ssenariylarda namoyon bo‘lishi mumkin.

Yoshlikdagi narsalarga kutilmagan qiziqish

Sochni pushti rangga bo‘yash, skeyt sotib olish, klassik kostyumni huddi va krossovkaga almashtirish istagi paydo bo‘lishi mumkin.

Atrofdagilar esa hayron bo‘lib, “bu odamga nima bo‘ldi?” degandek qarashadi. Ammo inson uchun bu o‘zining amalga oshmay qolgan erkinligi bilan tana va tashqi ko‘rinish orqali qayta bog‘lanishga urinish bo‘lishi mumkin.

Qo‘ldan boy berilgan imkoniyatlar sindromi

Bugungi 20 yoshli yoshlarning erkin sayohat qilishi, kasbini almashtirishi, shaxsiy chegaralari haqida ochiq gapirishi va o‘zi uchun yashashini ko‘rib, ularga nisbatan kuchli hasad paydo bo‘lishi mumkin.

Shunda odamga go‘yo hayot uning yonidan o‘tib ketayotgandek tuyuladi.

Impulsiv qarorlar

Barqaror munosabatlarni to‘satdan tugatish, yangi ish topmasdan ishdan bo‘shash, birdaniga ekstremal sport turlariga qiziqib qolish kabi keskin qarorlar paydo bo‘lishi mumkin.

O‘tkazib yuborilgan narsalarni izlash

Yoshlikda o‘qish yoki qo‘shimcha ishlash sabab bormagan kechalar, bazmlar yoki klublarga endi kuchli qiziqish paydo bo‘lishi mumkin.

O‘rnini to‘ldirishga urinish tuzog‘i

Bu holatdagi eng katta xavf — vaqtning mos kelmasligi.

Bolalikdagi kasalliklarni bolalikda boshdan kechirish kerak. O‘tib ketayotgan poyezdni quvishga urinib, inson haddan tashqari ketib qolishi mumkin: o‘zini butunlay nazoratsiz hayotga tashlashi, kattalar hayoti davomida yillar mobaynida qurgan qimmatli narsalarini buzib yuborishi yoki shunchaki “yoshimga yarashmaydigan ish qilyapman” degan aybdorlik hissini boshdan kechirishi mumkin.

Muhim jihatni tushunish kerak: o‘tmishga qaytib bo‘lmaydi.

O‘tkazib yuborilgan narsalarning o‘rnini to‘ldirishga urinish ko‘pincha yengillik emas, balki hafsalasi pir bo‘lishiga olib keladi. Chunki 40 yoshdagi shartli diskoteka 18 yoshdagidek his qilinmaydi.

Psixikaga aslida shaklning o‘zi emas, ichki erkinlik, tanlash huquqi va xato qilish huquqi kerak.

Yoshlikni o‘zingizga qanday qaytarish mumkin?

Yashalmay qolgan yoshlik sindromi — psixikangizdan kelayotgan muhim signal. Bu sizda hali sarflanmagan salohiyat borligini va uni namoyon qilishni xohlayotganingizni anglatishi mumkin.

Ichki ziddiyatni konstruktiv tarzda hal qilish uchun bir necha qadamni bajarish mumkin.

O‘z istaklaringizga ruxsat bering

To‘satdan paydo bo‘lgan impulsiv istaklaringizdan uyalish shart emas. 20 yoshda sinab ko‘rmagan narsalaringizni hozir xohlashingizga o‘zingizga ruxsat bering. Bu normal.

Shaklni mazmundan ajrating

O‘zingizdan so‘rang: aslida nimani xohlayapman?

Agar sizga yorqin hissiyotlar kerak bo‘lsa, buning uchun tunu kun klublarda yurish shart emas. Rasm chizish bo‘yicha mahorat darsiga borishingiz, raqsga yozilishingiz, yolg‘iz sayohatga chiqishingiz yoki yangi hobbini o‘rganishingiz mumkin.

Tajriba qilish va xato qilish huquqini o‘zingizga bering

O‘zingizga foydasizdek ko‘rinadigan ish bilan shug‘ullanishga ham ruxsat bering.

Kattalar hayotida biz har bir qadamimizni samaradorlik nuqtayi nazaridan baholashga odatlanib qolamiz. Endi esa nimanidir shunchaki hozir sizga quvonch bergani uchun qilib ko‘ring.

Yangi tajriba

O‘tmishni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ammo hozirgi kun bor.

Siz endi kattasiz: sizda resurslar, pul, o‘zingizni tushunish va yoshlikda yetishmagan mustaqillik bor.

Endi sizda shunchaki yoshlik huquqi emas, balki uni ongli va chinakam erkin tarzda yashash uchun ancha ko‘proq imkoniyatlar mavjud.

Kommentlar: 40 komment. 40 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Voy bu menku odamni yoqtirmaymanu har kuni profiliga kiraman

  2. Rostini aytsam bunaqa qilishimni o‘zim ham tushunmasdim

  3. Dilnoza

    Voyy shu maqola xuddi meni yozibdi 30 ga kirdim lekin ichimda hali 20 yoshli qiz yuribdi

  4. Dilnoza

    Yoshligimda kop narsani «keyin qilaman» deb qoygandim, mana osha keyin 30 dan keyin kelibdi

  5. Dilnoza

    Eng togri joyi xato qilishga ruxsat berish haqida ekan, bizda xato qilsang darrov «odamlar nima deydi» boshlanadi

  6. Dilnoza

    Endi pushti soch qilsam onam yurakdan ketadi

  7. Dilnoza

    Lekin hamma narsani yoshlikda qilolmaganimizni 40 da birdan qilish ham togri emas shekilli

  8. Dilnoza

    Manimcha yoshartirish emas, shunchaki ozimizni nihoyat yashashga qoyib berish kerak ❤️

  9. Ochigini aytsam bunaqa «sindrom»larni kopaytirib yubordik shekilli odam shunchaki zerikkan bolishi ham mumkin

  10. 35 yoshda hudiy kiyib yurish yosh bolish degani emas-ku, shu joyiga qoshilaman

  11. Bizda 20 yoshda ham odamdan 40 yoshli odamdek jiddiy bolishni kutishadi

  12. Odamlar nima deydi degan gap qancha odamni orzusidan ayirganini bilsak edi

  13. Lekin ishdan bosh tortib, oilani tashlab, «yoshlikni qaytaryapman» deyish boshqa masala

  14. Maqola yaxshi, lekin hamma narsani psixologiyaga boglash ham sal ortiqcha

  15. Men 26 daman hozir, lekin 18 yoshimni umuman yashamagandek his qilaman

  16. Oqishga kirdim, oqidim, ishladim, yana ishladim qachon sayohat qilaman deb qarasam 26 bolibman

  17. Eng achinarlisi osha paytda «hali vaqt kop» deb yurardik

  18. Hozir esa hech kimdan ruxsat soramasdan ozim xohlagan narsani qilish juda boshqacha hissiyot ekan ❤️

  19. Bir marta hayotimda shunchaki ozim uchun qaror qildim, qarindoshlarimning hammasi ekspertga aylandi

  20. Kim nima desa desin, kech bolsa ham oz hayotingni yashash kerak

  21. 40 yoshda klubga borib «yoshlikni qaytaraman» deyish menga unchalik togri tuyulmaydi Lekin 40 yoshda yangi kasb organish yoki sayohat qilishda nima yomonlik bor

  22. Bizda odam 30 dan oshsa «endi tinch otir» degan rejimga otkaziladi Ota onalarimiz ham shunaqa yashagan, balki shuning uchun bizga ham shu qarash otgan

  23. «Odamlar nima deydi» — eng keraksiz, lekin eng kuchli bosim

  24. Umuman olganda maqola yomonmas, ozimizni biroz tahlil qilib korishga sabab boldi boast

  25. Sevinch

    Shu maqolani oqib yiglab yubordim desam ishonasizlarmi 20 yoshimda biror joyga yolgiz borishga qoyishmagan, hozir 32 daman va endi yolgiz sayohat qilishni organayapman

  26. Sevinch

    Qiz bola bunaqa qilmaydi degan gaplar juda kop narsani olib qoygan bizdan

  27. Sevinch

    Hozir qizlar ancha erkinroq yashayotganini korib ichimda havas ham boladi, xafa ham bolaman

  28. Sevinch

    Lekin hech qachon kech emas ekan, shu fikr menga yoqdi ❤️ Endi ozim xohlagan narsalarni bittalab qilib chiqaman, kimga yoqmasa ham mayli

  29. Menimcha asosiy muammo yoshda emas, odam oz hayotidan qoniqmay qolganida

  30. 40 yoshda ham yangi narsa boshlash mumkin, bunga yosh tosiq emas Faqat yoshlikni qaytaraman deb hamma narsani buzib tashlash axmoqlik

  31. Oilasi bor odam birdan hammasini tashlab Bali ga ketib qolsa bu endi psixologik maqola emas

  32. Lekin yangi hobbi, sport, sayohat, oqish — bularni istalgan yoshda qilish kerak

  33. Qisqasi odamlar gapiga qarab yashashni kamaytirish kerak, tamom

  34. Bizda 25 yoshda «qachon turmushga chiqasan», 30 da «qachon bola», 35 da «endi bolani katta qil» Ozimiz uchun yashashga vaqt qachon keladi unda

  35. Men ham oxirgi paytda eski orzularimni eslayapman, balki bu shunchaki ichimda qolib ketgan narsalardir
    Bolaligimda raqsga tushishni juda yaxshi korardim, lekin qiz bola uyda otirsin deyishardi

  36. Hozir 31 yoshimda raqs kursiga yozildim ❤️ hech kimning gapiga qaramadim Va bilasizmi, juda baxtliman baxt uchun yosh kerak emas ekan

  37. Maqoladagi «otmishni ozgartirib bolmaydi, lekin hozir imkoniyat kop» degan fikr yoqdi 20 yoshimda pul yoq edi, 30 yoshimda esa imkoniyat bor lekin vaqt yoq Shunga qaramay har hafta ozim uchun vaqt ajratishga harakat qilyapman

  38. Bir paytlar gitara chalishni orzu qilardim, yaqinda gitara sotib oldim uyda hamma kuldi 35 yoshli odam gitara chalib nima qiladi deganlar boldi, man esa «xursand bolaman» dedim

  39. Hayot faqat ish va majburiyatlardan iborat emasligini kech bolsa ham tushunyapmiz

  40. Gulnoza

    Yaxshi maqola.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social