“Raqamlarni ko‘ryapsizmi? Agar shunday bo‘lsa, necha raqam?”, — deb yozadi Benonwine nomli Twitter foydalanuvchisi optik illyuziyaga ega tvitga.
Ushbu oddiy tasvir orqali ko‘rishning yuqori kontrastli sezgirligi bor yoki yo‘qligini bilib olish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, obyektlar va fon o‘rtasidagi farqni qanchalar aniq ko‘ra olish tekshiriladi.
Izohlarda juda ham ko‘p turli xil javoblar mavjud. Ko‘pchilik 528, 45283 va 15283 ni ko‘rgan.
“Men yetti raqamini ko‘rmoqdaman. Ba’zi odamlar faqat 3 va 5 ni ko‘ryapti”, – deb javob berdi @suzihands.
“Men 45283 raqamini ko‘ryapman, lekin boshqa javoblarga qarab, yana ikkita raqamni ko‘rdim. Men u yerda boshqa raqamlar borligini ko‘ryapman, lekin ularni aniqlay olmayapman”, – deb yozgan @PaulChocky.
Aniq javobni bilmoqchimisiz?
3452839 – bu illyuziyada yashiringan raqam. Raqamlarning bunday kombinatsiyasini ko‘rganlar ko‘rishning yuqori kontrastli sezgirligiga ega.
“Piksel zichligi katta rol o‘ynaydi, shuning uchun chetdagi raqamlarni hamma ham ko‘ra olmasligi tabiiy. Buning uchun ko‘rish vaqtida suratni kichraytirish yoki tez aylantirish kerak. Bu 3452839 raqamini ko‘rishni ancha osonlashtiradi”, – deydi @stimpygato.
4528 kurdim
kuproq u yerda sonla
3452839
yarimi manga kurinmadi
528
hammasini kurdim
4528
3452839 hammasini kurdim
28 kurdim
45283 kurdim
kurmisila?
hammasini osongina kurdim, kuzlarim yaxwikan hali
3452839 shu raqamlarni koʻrdim