Yashil iPhone 13, iPhone SE va eng kuchli kompyuter — Apple o‘zining yangi mahsulotlarini taqdim qildi

Yashil iPhone 13, iPhone SE va eng kuchli kompyuter — Apple o‘zining yangi mahsulotlarini taqdim qildi

Apple kompaniyasi iPhone SE, iPad Air va boshqa yangi mahsulotlari taqdimotini o‘tkazdi. Yangilangan iPhone SE smartfoni endi A15 Bionic protsessoriga ega. Taqdim etilgan yangi iPad Air esa MacBook kompyuterlarida o‘rnatilgan M1 protsessoriga ega bo‘ldi. Shuningdek, kompaniya o‘zining barcha kompyuterlaridan kuchliroq deb hisoblaydigan MacStudio`ni ham namoyish qildi.

8 mart kuni Apple o‘zining iPhone SE, iPad Air, MacStudio va boshqa yangi mahsulotlarini taqdim qildi. Qayd etilishicha, ushbu mahsulotlar 2022 yil 18 mart kunidan boshlab sotuvga chiqariladi.

Taqdimot boshida kompaniya yashil iPhone 13 va iPhone 13 Pro smartfonlarini taqdim etdi.

iPhone SE

Yangilangan iPhone SE A15 Bionic protsessori va 4,7 dyuymlik ekranga ega. Smartfon qizil, qora va oq ranglarda chiqariladi. iPhone SE`da 5G qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lib, quvvati uzoq muddatga yetishi qayd etildi.

Smartfonning tashqi ko‘rinishi iPhone 8 ga o‘xshab ketadi. Yangi iPhone`ning orqa kamerasi bir dona.

iPhone SE narxi 429 dollardan boshlanadi.

iPad Air

Taqdim etilgan yangi iPad Air sakkiz yaderlik M1 protsessoriga ega bo‘ladi. Ushbu protsessor ilk bor Apple Mac kompyuterlarida o‘rnatilgan. iPad Air 12Mp lik old kamera va 5G`ga ega bo‘lib, ko‘plab qurilmalar bilan ishlay oladi.

Ushbu iPad sig‘imi 64 va 256Gb lik, shuningdek, SIM karta va SIM kartasiz versiyalarga ega. Narxi 599 dollardan boshlanadi.

M1 UltraFusion protsessori

M1 UltraFusion protsessori Apple kompaniyasining 2021 yil oktabr oyidagi taqdimotida eng kuchli deb nomlagan M1 Max protsessoridan ikki baravar kuchliroq. Taqqoslash uchun: M1 Max 57 milliard tranzitorga ega, M1 UltraFusio`da esa tranzitorlar soni 114 milliardga yetadi.

«Bu kompyuterlar uchun yaratilgan eng qudratli protsessor», — deyiladi kompaniya taqdimotida.

Ma’lum qilinishicha, ushbu protsessor grafika, video va IT bilan shug‘ullanuvchilar uchun ayni muddao.

MacStudio — kompyuter

MacStudio kompyuteri Mac Mini`ning «semirtirilgan» varianti. Uning uchdan ikki qismi sovutish tizimidan tashkil topgan. Kompyuter Thunderbolt 4, ethernet, 2 ta USB, audio jack va SD-karta o‘qish imkoniyatiga ega.

MacStudio kompyuteri iMac 27 dan ikki baravar tezroq (M1 Ultra o‘rnatilganda 4,5 baravar).

Qayd etilishicha, MacStudio kompaniyaning barcha kompyuterlaridan kuchliroq bo‘lib, uning narxi 1999 dollardan boshlanadi. (M1 Ultra o‘rnatilganda — 3999 dollar)

Apple Studio Display — monitor

Yangi Apple Studio Display 5K sifatga ega bo‘lib, diagonali 27 dyuymni tashkil etadi. Monitor, shuningdek, 12Mp kamera, 6 ta dinamika, 3 ta USB-C va mikrofonga ega. Apple Studio Display`ning boshlang‘ich narxi 1599 dollarni tashkil etadi.

Kommentlar: 6 komment. 6 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Sardor

    Bizada sotiwadimi?

  2. Nodirbek

    yawil rangi 4iroyli 4iqibdi

  3. Bobur

    iphone 14 qa4on 4iqadi??

  4. Munojat

    good

  5. Lazizbek

    zur!

  6. Jama

    good zurku

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social