Uchar mehmonxona

Uchar mehmonxona

Yamanlik biotexnolog va ilmiy kommunikator Hoshim al-G‘ayli uchar mehmonxona loyihasini ishlab chiqdi va uni Sky Cruise deb atadi.

Uchar mehmonxona atom energiyasidan quvvat oladi, bu esa uning doimiy ravishda havoda bo‘la olishiga imkon beradi.

Mehmonlar unga samolyotlarda kelishadi, buning uchun Sky Cruise o‘z aerodromiga ega bo‘lishi ham ko‘zda tutilgan.

G‘ayli konsepsiyasi doirasida sun’iy intellekt samolyotni bevosita boshqaradi, uchuvchilar esa faqat uning samarali ishlashini nazorat qiladi.

Taxminlarga ko‘ra, bulut ko‘rinishidagi hashamatli bino bortida bir vaqtning o‘zida 5000 nafargacha mehmon yashashi mumkin bo‘ladi.

Texnolog g‘oyasi va aerodinamika qonunlari o‘rtasidagi ziddiyat tufayli skeptiklar Sky Cruise “havo Titanigi” deb nomlashgan. Shuningdek, ular bortida yadro reaktori bo‘lgan samolyot shahar ustiga qulab tushsa, bu atom bombasi portlashiga o‘xshash dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlashgan.

Kommentlar: 9 komment. 9 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Бизани тепамиздан учмаса булди rofl

  2. Isfandiyor

    Oxirgi abzasi hamma niyatlani uldirdi

  3. Vau!

  4. juda alo!

  5. wacko zur lekin opasniy

  6. .......

    Assalomu aliykum hammaga ha yqxshi mexmonxona ekanu bitti tarafi bor qulab tushishi ham mumkin ekan bu esa achinarli afsus

  7. Sardorio

    Bowimizga twumasa buldi rofl

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social