N`yu-yorkdagi motor-shou «Halqaro yil avtomobili» (World Car of The Year, WCOTY) musobaqa natijalari taqdim etildi.
Dunyodagi eng yaxshi avtomobil “Mazda MX-5” rodster (yuqoridagi surat) topildi. Finalda yaponiya avtomobili Audi A4 va Mercedes-Benz GLC krossover dan o`tib ketishga muvoffaq bo`ldi. Bundan tashqari, mazkur mashina, “Jaguar XE” va “Mazda CX-3” ni ortda qoldirib, «yilning eng yaxshi dizayn» toifasida ham g`olib bo`ldi.
«Premium avtomobil» toifasida BMW 7-Series sedan g`olib bo`lib chiqdi. Ajoyib va chiroyli avtomobilni Audi Q7 va Volvo XC90 dan ko`ra yaxshiroq deb topishdi. yil sportkari esa Audi R8 bo`ldi.
Va nihoyat «Eng “yashil” avtomobil-2016» vodorodli Toyota Mirai sedani deb topildi. Finalda ushbu g`alaba uchun Chevrolet Volt va Toyota Prius bilan bellashgan.
Eng yaxshi avtomobillarni 20 dan ortiq mamlakatlardan, 73 avtojurnalist hakam a`zolari tanlagan.
BMW 7-series
Audi R8
Toyota Mirai
Manba: autorambler.ru
daxshat