27 iyul kuni XXI asrning eng uzun oy tutilishi bo’lib o’tadi

27 iyul kuni XXI asrning eng uzun oy tutilishi bo’lib o’tadi

27-28-iyul kunlari kechqurun XXI asrning eng uzun ko’rinadigan oy tutilishiga guvoh bo’lamiz. NASA ma’lumotiga ko’ra u 103 daqiqa davom etadi.

Shu turdagi oy tutilishi 31-yanvar kuni bo’lib, 1 soat va 16 daqiqa davom etgan. Eng uzun tutulish 21:30 atrofida boshlanadi va deyarli butun Yevropa (jumladan, Parij, London va Rim), Osiyo, Avstraliya, Afrika va Janubiy Amerikada kuzatiladi.

Tutilish vaqtida Yer Oy bilan Quyosh o’rtasida bo’ladi. Barcha uchta samoviy jismlar mukammal moslashadi. Oy Yerning soyasida butunlay yo’qoladi, shuning uchun tutilish to’liq deb nomlanadi.

To’liqqa qo’shimcha ravishda, 3 soat 23 minut davom etadigan “qisman” tutilishni (tugallanmagan moslik bilan) kuzatishimiz ham mumkin.

Shuningdek, juda kam uchraydigan yorqin Marsni ko’rish imkoniyati ham paydo bo’ladi.

Iyul oyi oxirida qizil sayyora Yerdan 58 million kilometr narida joylashgan holda, orbitaga yaqin bo’ladi. Keyingi o’xshash hodisa 15 yil ichida sodir bo’lmaydi.

Quyoshdan farqli o’laroq, oy tutilishi maxsus moslashuvsiz kuzatish mumkin.

Eng muhimi, ob-havo yomonlashmasa bo’ldi! Siz ushbu oy tutilishini kuzatasizmi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social