6 yoshli millioner qizaloq

Amerikalik jajji qizaloq – «Toddlers & Tiaras» shousining sobiq ishtirokchisi Izabella Barrett olti yoshida millionerga aylandi. U bir necha go`zallik tanlovlarida g`olib chiqib, o`z biznesini ham yo`lga qo`yishga muvaffaq bo`lgan.

Izabella ilk marta onasining qistovi bilan eng kichiklar uchun go`zallik tanlovida ishtirok etib,  g`oliblikni qo`lga kiritgan. Bu mitti qo`g`irchoqning g`alabaga erishishi uchun qimmatbaho ko`ylaklar, makiyaj va turmaklarga 50 ming AQSh dollari miqdorida mablag` sarflangan. Jajji yulduzning onasi o`z urinishlari zoe ketmay, qizi g`olib bo`lganidan juda baxtiyor.

6 yoshda katta omadga erishgan qizaloq o`z shaxsiy pardoz vositalari va zargarlik buyumlari liniyasini ham ishga tushirdi. Omma uning tashabbusini qo`llab-quvvatlagan holda, Izabella Barrettdan lab uchun bo`yoqlar, bilaguzuklar kabi pardoz vositalari va taqinchoqlarni jon deb xarid qilmoqda. Bu esa jajji yulduzga ko`plab daromad keltirmoqda.

«Men juda baxtiyorman. Men superyulduzman. O`z biznesimga ega bo`ldim. Bu haqda boshqalar faqat orzu qilishlari mumkin», – deydi jajji go`zal Izabella.

Izabella o`z go`zalligi va kuchiga shu qadar qattiq ishonadiki, atrofida hech qanday raqobatchini ko`rmaydi. Onasi esa qizining xulqi buzilishidan havotirda: «Qizim Britni Spirsning yo`lidan ketishidan juda havotirdaman. Hozirning o`zida Izabella o`zini go`yo superyulduzdek tutmoqda.  Eng mashhur mehmonxonalar xizmatidan foydalanadi. Men esa uni imkon qadar to`xtatishga urinyapman», – deydi ona.

Xabarlarga qaraganda, Izabella Brodveydagi har bir chiqishi uchun 10 ming dollar oladi. Kiyinish uchun do`konlarda katta-katta xarajatlar qilmoqda. Aytishlaricha har kuni ovqatlanishining o`ziga 2000 dollar sarflar ekan. 

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    odamlar mana etib keldik,endi 6 yoshli bolalar xam millionerlar bulyapti??? ota-onalar qaerga qarayptilar?

  2. 6 yosh qizaloqning millioner bulishini nimasi yomon? manimcha buni hech qanday yomon joyi yuq, tugri buniyam uziga yarasha minus taraflari bor, lekin ota onasi kerakli maslahatlarni va tarbiyani berishsalar hech qanday yomon joyi bumiydi deb uyliyman

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social