Tashkent City bog‘i sotuvga qo‘yiladi

Tashkent City bog‘i sotuvga qo‘yiladi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Tashkent City’dagi zamonaviy dam olish va istirohat bog‘ini kelgusida xususiylashtirish va saqlash (ekspluatatsiya) yuzasidan “Master plan” ishlab chiqish uchun professional tashkilotlar jalb qilish to‘g‘risida e’lon berdi.

Ta’kidlanishicha, Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi Ma’muriy kengashining tegishli qaroriga muvofiq markaz hududidagi zamonaviy dam olish va istirohat bog‘ini baholangan qiymatda ochiq tanlov savdolari orqali sotish rejalashtirilgan.

Davlat tender komissiyasining tegishli qaroriga asosan obyektni xususiylashtirish va undan kelgusida foydalanish bo‘yicha “Master plan” ishlab chiqish uchun professional tashkilotni jalb etish belgilangan.

Shunga ko‘ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi zamonaviy dam olish va istirohat bog‘ini kelgusida xususiylashtirish va undan kelgusida foydalanish talablari, shuningdek, xususiylashtirish shartlari va shakllari bo‘yicha “Master plan” ishlab chiqish uchun professional tashkilot tanlab olish yuzasidan tanlov e’lon qiladi.

“Master plan”dagi obyektni xususiylashtirish va undan kelgusida foydalanish bo‘yicha taklif etiladigan tartib va talablar O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiqligi, shuningdek, obyektning soha hamda individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi lozim.

Professional tashkilot “Master plan”ni ishlab chiqadi, u bo‘yicha barcha zaruriy xizmatlarni ko‘rsatadi. Buyurtmachi ushbu e’lon bilan professional tashkilot va “Master plan”ga qo‘yiladigan dastlabki talablarni, shuningdek, uning taklifining tuzilishini hamda tegishli tartibda baholanishini belgilaydi.

Obyekt haqida ma’lumot, takliflarning tuzilishi va unga qo‘yilgan talablar bilan ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    нимага? биринчи Хилтон, кейин Краферс, энди парк… хм….

  2. Guli

    g’alati narsala b6votti rofl

  3. Ulug'bek

    Ke4a borudim, tekin qib q6yiwibdi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social