64 yoshli aktyor Jan-Klod Van Damm o‘zining mashhur raqsini takrorladi

64 yoshli aktyor Jan-Klod Van Damm o‘zining mashhur raqsini takrorladi

Ko‘plab jangari filmlar yulduzi, 64 yoshli amerikalik aktyor Jan-Klod Van Damm o‘zining “Kikbokser” filmidagi mashhur raqsini takrorladi. Kartina ekranlarga 1989-yilda chiqqan edi.

Oradan 36 yil o‘tgach, Gollivud aktyori taniqli raqsning asosiy elementlarini hali ham yodida qolganini ko‘rsatdi. Van Damm ta’til paytida basseyn yaqinida va palma daraxtlari fonida raqsga tushdi. U musiqa ritmiga tushib, qo‘shiq xirgoyi qilar edi.

2015-yilda Van Damm Conan Show dasturida ham o‘sha harakatlarini takrorlagan edi.

“Kikbokser” filmi syujetiga ko‘ra, Kurt Sloun va uning ukasi Erik Sloun Amerika sport maktabi hech qaysi davlatnikidan qolishmasligini isbotlash uchun xalqaro kikboksing turniriga Tailandga boradi.

Biroq Van Dammning qahramoni shafqatsiz kurashning guvohiga aylanadi, ushbu jang davomida ikki metrli barzangi erkak ringda akasini yengadi va hayotini barbod qoladi. O‘sha jangdan keyin Erik Sloun nogiron bo‘lib qoladi.

Akasining raqibidan o‘ch olishga qaror qilgan Kurt, jang san’ati bo‘yicha eski ustozi bilan uchrashadi. Kerakli ko‘nikmalarni egallab, qahramon ringga chiqadi.

Ma’lumot uchun: haqiqiy ismi Jan-Klod Kamil Fransua Van Varenberg bo‘lgan Jan-Klod Van Damm 1960-yilda Belgiyada tug‘ilgan. ​18 yoshida bo‘lajak aktyor karate bo‘yicha qora belbog‘ olgan va bodibildingda “Janob Belgiya” unvonini qo‘lga kiritgan. 1979-yilda Van Damm “It va bo‘ri orasidagi ayol” filmida debyut qilgan.

Jangari filmlar yulduzi “Qaltis nishon” (1993) va “Vaqt patruli” (1994), “Replikant” (2001), “Jahannamda” (2003), “Ikkinchi qo‘mondon” (2006), “Universal askar” (1992), “Qochishga joy yo‘q” va boshqa ko‘plab filmlarda ishtirok etgan.

Kommentlar: 14 komment. 14 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Хакикий легенда!

  2. Тимур

    Шу ешлага етиб хам, зур формада

  3. Тимур

    Куп йилла яшасин

  4. Yoshlida kinolarini korardim bb

  5. Krasavchik!

  6. Dilshod

    Starichok hali kop narsalaga kuchi yetadi laugh

  7. Dilshod

    Kikbokserni boshidan kormoqchiman endi

  8. Ulug'bek

    Legenda!!!

  9. Bravo ok

  10. Zo’r, malades!

  11. Qaribqobtila okamiz sad

  12. Mujik

  13. Eldorbek

    bb chemp!

  14. Cholku uje

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social