Xitoyda erkaklar ayol qalbiga yo`lni oshqozoni orqali topamiz deb o`ylaganlari bois, muhabbatlarini isbotlash maqsadida 8-mart kuni oshxonadan chiqishmas ekan. Eng mazali taom va eng shirin pishiriq — bayramning yaxshi sovg`asi hisoblanarkan. Qonuniy dam olish kunida xitoylik ayollar dam olish joylariga borib, bayramni o`zlari istagancha nishonlashadi. Xitoyda shu kuni «Pekin go`zali» tanlovi ham o`tkaziladi.
Italiyada ham bu bayram o`zgacha kayfiyat bilan nishonlanadi. Bu kunda ayollar e`zozlanadi, sovg`a-salomlar olishadi. Ammo 8-mart rasman dam olish kuni deb e`lon qilinmagan. Shu bois italiyalik xonimlar kunning ma`lum bir vaqtini belgilab, o`z bayramlarini kafe yoki restoranlarda nishonlashar ekan.
Litva davlatida esa ushbu bayramni mamlakatning barcha qismida birdek nishonlashmaydi. Gap shundaki, bayram Litvaning rusiyzabonlar istiqomat qiladigan shaharlaridagina nishonlanadi. Litvada Xalqaro xotin-qizlar kuni rasmiy bayram sifatida e`lon qilinmagan.
Rossiyada bu bayram mamlakat miqyosida keng nishonlanadi. Bu kuni rus erkaklari gul do`konlari, supermarketlarda qator bo`lib navbatda turishadi. Ular gul va pardoz ashyolarini ayollar uchun eng yaxshi sovg`a deb hisoblaydilar.
V`etnamda ham ayollar nihoyatda ulug`lanadi. Bu yurtda ushbu an`ana ikki ming yildan buyon davom etmoqda. Lekin ayollar bayrami sal boshqacha tarzda, ya`ni «Opa-singil Ch`englar xotirasi kuni» deb ataladi. Tarixda o`z xalqini Xitoy qaramligidan ozod qilish uchun kurashgan opa-singil Ch`englar Xitoy askarlari tomonidan o`rab olinganda asir tushishni istamay, o`zlarini daryoga otib qurbon bo`lishgan edi. 8-mart kuni vatanparvar opa-singil Ch`englar xotirasiga bayram uyushtiriladi.
Daniyada ham ayollar bayrami keng miqyosda nishonlanadi, alohida anjumanlar, kontsert dasturlari, turli tomoshalarda faqat ayollar uchun jon kuydiriladi. Do`konlar ayollar kiyimlari, taqinchoqlariga to`lib ketadi.
Bizning mamlakatimizda ham 8-mart juda chiroyli tarzda o`tkazilishiga guvohsiz. Oliyhimmat beklarimiz bu kun uchun alohida mehr bilan tayyorlanishadi. Oiladagi barcha ayollar uchun sovg`alar olishadi, kontsertlarga, tomoshalarga olib borishadi. Kechqurun esa o`z qo`llari bilan osh yoki dimlama damlab, tabriklashadi. Bu kun bizning ayollarimiz uchun o`zgacha shukuhli, tarovatlidir.
Aslida, ayollar faqatgina 8-mart yoki boshqa bir belgilangan kunda emas, har kuni e`zozdalar. Shu o`rinda barcha munis onaxonlarimiz, sadoqatli opajonlarimiz, go`zal singiljonlarni ayollar bayrami bilan tabriklaymiz. Faqat — 8 mart kuni emas, har kuni, har soatda ardog`imizda, e`tiborimizda, borlig`imizda bo`lsinlar. Biz — erkaklarning barcha mehrimiz, harakatlarimiz, hayotda eng kerakli insonlarimiz Siz aziz Ayollar ekanliklaringiz ayni haqiqat. Axir ayollar hayotimizning mazmuni, qorong`u uyimizu, ko`nglimizning yoritgich-chiroqlari-ku, shunday emasmi?
ayol-qizlar xammangizni ush bu ajoyib bayram bilan tabriklayman. bizning bahtimizga sog’-omon bulib yuring!
qizlar bayramlar bilan )))
hammaga katta rahmat
yurtimiz barcha ayol qizlarini 8 mart bilan tabriklayman, toku sizlar bor ekansiz dunyomiz tinch, hayotimizning ajoyib bezagisizlar
юкоридаги табрикларга кушиламан, хакикатдан хам сиз аёллар хаётимиззи ажойиб бир безагисизлар, онажонларимиз бахтимизга хамиша сог саломат бусинлар, нафакат бу 8 март, балки хар куни онажонларимиз байрамидир, онажонларимиззи эзозланг азиз юртдошлар
Tabrik uchun katta rahmat
bir davlatda 8 mart kuni ayol-qizlar bayrami 8 martdan boshlab 7 aprelgacha buladi,bir oy!
Barchaga bayram muborak bo’lsin
Salom Shoxida! Sizni ham bayram bilan tabriklaymiz