8-martni boshqa mamlakatlarda qanday nishonlashdi?

8-martni boshqa mamlakatlarda qanday nishonlashdi?

Hurmatli ayollar o’tib ketgan bayram bilan yana bir bor tabriklaymiz! Umid qilamiz bayram kuni a’lo kayfiyatda o’tdi va sizlarga ko’p xursandchilik olib kelgan!

Birinchi bo’lib Yevropadagi asosiy mamlakatlarni ko’rib chiqsak: afsuski bu kun Fransiya va Germaniyada rasmiy bayram emas. Chunki 8-mart kunining ildizlari siyosiy hisoblanadi. Lekin bu fransuz va nemis ayollarni xotin-qizlar kunidan mahrum degani emas. Odatda ularni Onalar kunida tabriklashadi.

Vetnamda, ayollar kuni 2000 yil davomida nishonlanadi. Avvalroq, bu kun Ching opa-singillarni zikr kuni deb atalgan. Bu jasur ayollar Xitoy tajovuzdan ozodlik harakatini boshqarganlar. Vetnamda sotsializm g’alabasidan so’ng, bu kun 8-mart bayrami sifatida nishonlanadi.

Yaponiya bu bayram qayg’uli o’tmish bilan bog’liq emas. Mart oyi mamlakatda xotin-qizlarning oyi hisoblanadi. 3-mart kuni Qo’g’irchoq festivali o’tkaziladi. Kichkina qizlar o’zlari yasanishadi va o’z qo’g’irchoqlarini kiyintirishadi. Ular mehmonga borishadi, o’tirishlarni tashkil qilishadi va birgalikda choy ichishadi.

Tojikistonda 8 mart kuni rasmiy Onalar kuni deb e’tirof etilgan, shuning uchun bu kunda aynan ularni tabriklash kerak.

Litvada 8-mart kunini faqat 2002-yilda rasmiy bayram sifatida qabul qilishgan, va uni Xotin-qizlar birdamlik kuni deb nomlashdi. Bungacha u siyosiy sabablarga ko’ra besh yilga davlat taqvimidan chiqarilgan edi.

Agar Ispaniyaga borsangiz, ayollarni tabriklashni va sovg’alar berishga shoshilmang. Ushbu mamlakatda 8-mart kunida norozilik bildirishadi. Nima uchun norozilik bildirishadi? Zo’ravonlik, tengsizlik, inqiroz va hatto ko’krak saratoniga. Ular yirik shahar ko’chalarida minglab axoli bo’lib yurish qilishadi.

Hindistonda mart oy boshiga bo’yoq bayram keladi, Holi, Bahor festivali, Phagvah yoki Bhojpuri bayrami. Bu bayramni faqat ayollarniki deb aytish qiyin, lekin bir tomondan bo’yalgan minglab ayollar (va erkaklar) ko’chalarda yurib va bir-biriga rangli chang va rangli suvlar sepishadi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social